Rossiyaning mittigina Kaliningrad viloyati NATOning naqd yuragida joylashgan, shuning uchun NATO vakillarini asabiylashishga va o‘zidan taraluvchi xavfdan qo‘rqishga majbur qiladi. Shunday fikrni AQShning The National Interest tahliliy jurnali sharhlovchisi Robert Farli aytib o‘tdi.
"Boltiq davlatlari NATO tarkibiga kirganlarida, Kaliningrad NATO markazidagi dushman hududga aylandi. Bu uni ayniqsa zaif hududga, biroq shu bilan birga harbiy nuqtai nazardan potensial xavfli sub’ektga aylantirdi", deb yozmoqda Farli.
Farlining fikricha, NATOni Kaliningradga joylashtirilgan S-400 va "Iskander-M" raketa majmualari xavotirlantiradi.
"Jurnalning ko‘p maqolalarida batafsil aytilgandek, S-400 dunyoda havo hujumiga qarshi eng qudratli tizimlardan biri hisoblanadi", deb ta’kidlamoqda sharhlovchi.
Farli Rossiya zenit-raketa majmualarining ustunliklarini qayd qilib, bu majmualar sababli NATO Boltiq davlatlari osmonida havo ko‘magini ta’minlashi muammoli bo‘lishi ta’kidlamoqda.
Farli shuningdek "Iskander"ni ham eslab o‘tdi. Uning aytishicha, bu raketa majmuasi bilan raqobat qila oladigan birorta boshqa majmuani topish amrimahol.
"Bu raketalar oddiy va yadroviy kallaklarni 400 km gacha masofagacha chiqara oladi. Agar Moskva NATOning biror ikkilanib turgan davlatlariga bosim o‘tkazmoqchi bo‘lsa, u anklaviga qandaydir yangi va qo‘rqituvchi qurollarni joylashtirib, o‘z qudratini namoyish qilib qo‘yishi mumkin", deb aytmoqda mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, 22 noyabrda AQSh Davlat departamenti vakili Jon Kirbi Rossiyani Kaliningrad viloyatida S-400 va "Iskander-M"ni joylashtirishdan voz kechishga chaqirgandi. Kirbining fikricha, bu Evropa xavfsizligini beqarorlashtiradi. Shu bilan birga u Rossiya o‘z hududida bunday majmualarni joylashtirishga haqli ekanini ham tan olgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»