date
views 128

AQSHning Tennessi shtatida 20 kishi bor samolyot quladi: barcha tirik qoldi

AQSHning Tennessi shtatida 20 kishi bor samolyot quladi: barcha tirik qoldi
AQSHning Tennessi shtatida 20 nafar kishi bo‘lgan kichik samolyot mahalliy aeroportdan uchganidan ko‘p o‘tmay halokatga uchradi. Omadli tasodif tufayli bortidagi barcha yo‘lovchilar tirik qoldi.

Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, Tallahoma shahrida yuz bergan bu favqulodda holat ikki motorli De Havilland Canada DHC-6 Twin Otter uchog‘i bilan bog‘liq. Samolyot havoga ko‘tarilganidan so‘ng texnik nosozlik tufayli yerga muhtalif darajada shikastlangan holda qulagan. Bu havo kemasidan asosan parashyutchilarning mashg‘ulotlari uchun foydalanilgani aytilmoqda.

Hodisa vaqtida bortida 20 kishi bo‘lgan, to‘rt nafar yo‘lovchi turli tan jarohatlari bilan vertolyot orqali shifoxonaga yetkazilgan. Qolganlar esa yengil jarohatlar bilan chiqib ketgani maʼlum qilindi.

Internetda tarqalgan fotosurat va videolarda samolyot o‘tloq ustida dum qismi singan va qanoti uzilgan holda yotgani ko‘rinadi. Hodisa joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar va himoya xizmatlari bir necha soat davomida tekshiruv ishlarini amalga oshirishgan.

Shahar maʼmuriyati vakili Layl Rasselning taʼkidlashicha, falokat oqibatida atrofdagi bino va infratuzilmaga ziyon yetmagan. Buning o‘zi ham ayni holatda katta omad sifatida baholanmoqda.

Hozirda AQSH Fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi (FAA) va Transportda xavfsizlik bo‘yicha milliy kengash (NTSB) tomonidan tergov ishlari boshlab yuborilgan. Avvalgi maʼlumotlarda samolyotda parashyutchilar bo‘lgani, u yerda muntazam ravishda sport tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazilishi qayd etilgan.

Avariyaga aniq nima sabab bo‘lgani hozircha nomaʼlum, ammo mutaxassislar muharrik ishdan chiqishi yoki boshqaruvdagi texnik xatolik ehtimolini ko‘rib chiqmoqda.

Shu bilan birga, bu halokat ommaviy aviafalokatlar orasida kamdan-kam kuzatiladigan holat — bunday yirik halokatda barcha tirik qolgani havo xavfsizligi borasidagi choralar samarasini ko‘rsatmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHning Tennessi shtatida 20 kishi bor samolyot quladi: barcha tirik qoldi