
Buyuk Britaniya hukumati Angliya va Uelsda faoliyat yuritayotgan barcha davlat xizmatchilarini sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanishga o‘rgatishga kirishdi. Bu haqda The Guardian nashri ishonchli manbalarga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha doirasida 400 mingdan ziyod davlat xizmatchilari maxsus o‘quv dasturi asosida tayyorgarlikdan o‘tkaziladi. Ayni o‘quv jarayonlari mamlakatda har yili o‘tkaziladigan “One Big Thing” deb nomlangan islohot dasturi doirasida amalga oshiriladi. Uning maqsadi — davlat boshqaruvini raqamlashtirish orqali tezkorlik, samaradorlik va ishonchlilikni ta’minlash.
O‘quv mashg‘ulotlari 9 iyundan boshlab amalga oshiriladi. Hukumatning rejasiga ko‘ra, xizmatchilar sun’iy intellekt orqali o‘z vazifalarini ancha tez va yuksak aniqlikda bajara oladigan darajaga yetishi kerak. Bu orqali katta miqdordagi ish yuklamasini avtomatlashtirish va an’anaviy jarayonlarning samaradorligini oshirish rejalashtirilgan.
Britaniya hukumati davlat tuzilmalaridagi ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish maqsadida AI texnologiyalarini keng joriy etishga katta ahamiyat qaratmoqda. Bu jarayonda nafaqat davlat resurslaridan, balki Microsoft, Google va Amazon kabi dunyogi yetakchi texnologik kompaniyalar bilan hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan.
Ayni paytda davlat xizmatchilari uchun mo‘ljallangan “Humphrey” nomli sun’iy intellekt vositasining pilot versiyasi sinovdan o‘tkazilmoqda. U shaxsiy yordamchi vazifasini bajarib, xizmatchilarga turli hisobotlar tayyorlash, ma’lumotlarni tahlil qilish va boshqa vazifalarda ko‘maklashadi.
Mutasaddilar ta’kidlashicha, bu kabi tashabbuslar orqali kelajakdagi davlat boshqaruv tizimi raqobatbardosh va texnologik jihatdan yuqori salohiyatga ega bo‘lishi ta’minlanadi. Shuningdek, davlat tizimidagi qisqartirilayotgan ish o‘rinlariga qaramasdan, xizmatchilarning vazifalarni bajarish darajasi pastlamasligiga erishiladi.
Shu bilan, Britaniya davlat xizmati sun’iy intellekt vositalari orqali tub o‘zgarishlarga tayyorgarlikni boshlab yubordi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar