
Kecha Manchester universitetida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda futbol dunyosidagi eng nufuzli murabbiylardan biri, «Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola faxriy doktorlik unvoni bilan taqdirlandi. Universitet rahbariyati Pepning jamiyat, sport va insoniy qadriyatlarga qo‘shgan beqiyos hissasini e’tirof etdi.
Unvonni universitet direktori Nazir Afzal shaxsan o‘z qo‘li bilan topshirdi. Bu mukofot, Manchester universiteti tarixida, faqat jamiyat farovonligi va ijtimoiy adolat uchun qat’iyat bilan harakat qilgan shaxslarga beriladigan eng oliy unvon sanaladi.
Marosimda so‘z olgan Gvardiola G‘azoda kechayotgan voqealar haqida qattiq ta’sirandi va jonli murojaat qildi:
"G‘azoda ko‘rayotganimiz shu qadar og‘riqliki, butun vujudim og‘riyapti. Bu nafaqat siyosat, balki insoniylik masalasi. Gap mafkura haqida emas, balki hayotga bo‘lgan muhabbat, hayotni himoya qilish haqida ketyapti. Eng muhim paytda jim turish – bu ham xiyonatdir", — dedi u ko‘zlarida jasorat va og‘riq aks etgan holda.
Pep Gvardiolaning bu kabi chiqishlari uni nafaqat sport sohasida, balki insonparvarlik, tinchlik va hamdardlik g‘oyalarining yetakchisi sifatida ham tanitmoqda. Uning nutqi jamoatchilik orasida katta qiziqish uyg‘otib, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.
Murabbiyning ogohlikka chorlovchi va muhabbatga suyangan so‘zlari insonlarni o‘z hayotlarida ham mehr, insoniylik va qat’iyatni birinchi o‘ringa qo‘yishga da’vat etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar