date
views 284

Rossiya Ukrainaga 1200 dan ortiq askar jasadini qaytardi

Rossiya Ukrainaga 1200 dan ortiq askar jasadini qaytardi
Rossiya hukumati 1212 nafar halok bo‘lgan ukrainalik harbiy xizmatchilarning jasadlarini rasmiy Kiyev tomoniga topshirdi. Bu haqda Ukraina harbiy asirlar bilan muomala qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtab axborot tarqatdi.

Qaytarilgan jasadlar orasida Xarkov, Kursk, Lugansk, Donetsk, Zaporoje va Xerson viloyatlarida jang olib borgan ukrainalik askarlar ham borligi ma’lum qilindi.

Shtabga ko‘ra, harbiylar jasadlari avval huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va sud-tibbiy ekspertiza xodimlariga topshiriladi. Ular halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash ishlari bilan shug‘ullanadi.

Bugungi brifing chog‘ida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ham muhim bayonot bilan chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga o‘zining 6000 nafar askar va zobitlarining jasadlarini topshirish bo‘yicha Istanbul kelishuvini bajarishga to‘liq tayyor.

Zaxarova ta’kidlaganidek, bu masala insonparvarlik va xalqaro huquq doirasida hal qilinishi kerak bo‘lgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Mazkur jasadlar almashinuvi harbiy mojarolar oqibatida halok bo‘lgan shaxslar xotirasini hurmat qilish, ularning oilalariga sabr-toqat yuzasidan yuz tutgan insonparvarlik qadami sifatida baholanmoqda.

Muzokaralar davomida bunday gumanitar tashabbuslar yana davom ettirilishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Ukrainaga 1200 dan ortiq askar jasadini qaytardi