date
views 191

G‘azoga adolat va insonparvarlik uchun yo‘lga chiqqan karvonlar faollari

G‘azoga adolat va insonparvarlik uchun yo‘lga chiqqan karvonlar faollari
9 iyun kuni Tunis poytaxtidan G‘azoga yo‘nalgan odamlar karvoni butun mintaqada keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Jamoatchilik faollarini, inson huquqi himoyachilarini, shifokorlarni va talabalarni o‘zida jamlagan avtobuslar hamda yengil avtomobillardan iborat avtokarvon “adolatsiz qamal”ga e’tibor qaratish va blokada tufayli yordamdan mahrum bo‘lgan G‘azo ahliga yordam yetkazish maqsadida yo‘lga chiqdi.

Karvonning tashabbuskorlari ta’kidlashicha, ularning asosiy maqsadi – Isroilning G‘azoga nisbatan ko‘rsatayotgan qattiq blokadasini zudlik bilan bekor qilish va mintaqadagi insonparvarlik inqirozini dunyo jamoatchiligiga yetkazishdir. Bu harakatga Shimoliy Afrika mamlakatlaridan – Jazoir, Tunis, Liviya va Misrdan ko‘plab faollar qo‘shildi. Ular Rafah chegara punktiga yetib borishni va falastinliklar bilan birdamlikda ekanini namoyish etishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, bu karvon ikki kun oldin O‘rta Yer dengizi orqali yo‘lga chiqqan, bortida taniqli ekofaol Greta Tunberg va bir qator yevropalik deputatlar bo‘lgan kemaga Isroil harbiylari tomonidan to‘siq qo‘yilgani, qatnashchilar qo‘lga olinib, deportatsiya qilingani manzarasidan so‘ng tashkil etildi. Dengiz orqali harakat qilgan “Ozodlik flotiliyasi”ning yo‘li to‘silishi e’tibor qaratishi bilan, faollar endi quruqlikdan yana bir harakat boshlashdi.

Jazoirdan chiqqan karvon Tunis, Liviya va Misr orqali o‘tib, asosiy maqsad — Rafah chegara nazorat punktiga yetib borish. Bu punkt 2024 yil may oyida Isroil harbiylari tomonidan egallangandan buyon deyarli yopiq holatda qolmoqda va insonparvarlik yordamining G‘azoga yetib borishini keskin cheklamoqda.

Karvon ishtirokchilari safida turli sohalar vakillari, huquqshunoslar, shifokorlar, talabalar va fuqarolik jamiyatining taniqli a’zolari bor. Ular yo‘l bo‘ylab qo‘shimcha tarafdorlar qo‘shib, Liviya hududiga o‘tishdan oldin Tunis janubidagi shaharchalarda to‘xtashmoqda. Karvonning eng asosiy shiori: “G‘azodagi xalqimiz yolg‘iz emas. Sizlarning og‘rig‘ingiz – bizning ham og‘rig‘imiz!” ekanini namoyish etishdir.

Ekspertlar ta’kidlashicha, Isroilning 2,5 oylik qatiq blokadasi tufayli G‘azoda 2 milliondan ortiq aholi o‘ta og‘ir sharoitda, ocharchilik va insonparvarlik yordami tanqisligida kun kechirmoqda. Mamlakat fuqarolik jamiyati va faollari esa xalqaro hamjamiyat, jumladan arab davlatlarini jiddiy amaliy harakatlarga undashga intilmoqda.

Tunis va Jazoir jamiyatlarida bu tashabbus katta qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘ldi, karvon yo‘nalishi davomida mintaqadagi odamlar va axborot vositalari unga alohida e’tibor qaratmoqda.

Bu harakat butun dunyoga G‘azoda insonparvarlik, tinchlik va adolat uchun kurash maydonida birdamlik va yordam hali ham katta ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ko‘rsatib turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » G‘azoga adolat va insonparvarlik uchun yo‘lga chiqqan karvonlar faollari