
Yaqin Sharqda keskinlik yana ortib borayotgan bir paytda, AQSH prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Isroilning Eronga qilgan zarbalariga munosabat bildirdi. Uning bayonotlari nafaqat AQSH, balki butun dunyoda siyosiy tahlilchilar va jamoatchilik e’tiborini tortdi.
Tramp o‘z xabarlarida ta’kidlashicha, u Eronga bir necha bor kelishuv tuzish imkoniyatini taklif etgan, ammo Tehron bu imkoniyatdan foydalanolmagan. “Men Eronga navbatma-navbat bitim tuzish imkoniyatini berdim. Ammo ular qanchalik urinishmasin, buni uddalay olishmadi”, — deya ta’kidladi AQSH rahbari. Unga ko‘ra, Eron tarafi o‘z xatti-harakatlari oqibatini to‘g‘ri baholamagan va bu orqali faqatgina vaziyatning yanada murakkablashishiga sabab bo‘lgan.
Tramp o‘z bayonotida Erondagi ba’zi siyosiy doiralarning masalaga jiddiy yondashmaganini va natijada “ko‘plab o‘limlar va vayronagarchiliklar” yuz berganini qayd etdi. U, shu bilan birga, bu qirg‘inga hali chek qo‘yish imkoni borligini ta’kidladi va “rejalashtirilgan hujumlar yanada shafqatsiz bo‘lishi mumkin”ligidan ogohlantirdi.
Amerika prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Eron agar xavfsizlik va taraqqiyot yo‘lida qaror qabul qilmoqchi bo‘lsa, bitim tuzishi va bir paytlar “Eron imperiyasi” deb atalgan davlatning kelajagini saqlab qolishi lozim.
Tramp avvalroq AQSH Isroilning Eronga hujum rejalaridan xabardor bo‘lganini, ammo bevosita harbiy operatsiyada ishtirok etmaganini aytgandi. Bu bayonot ortidan mintaqadagi vaziyat yanada keskinlashgani, siyosiy va harbiy tahdidlar esa yuqori darajaga chiqqanini kuzatish mumkin.
Ayni damda, Trampning ogohlantiruvchi bayonotlari jahon jamoatchiligi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mutaxassislar fikricha, Eron tomoni kelishuvga intilmasa, Yaqin Sharqda vaziyat yanada og‘irlashishi, yangi qurbonlar va halokatli oqibatlar ro‘y berishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing