
Yaqin Sharqda geosiyosiy ziddiyat yana yuqori cho‘qqiga chiqdi — Eron rasman Isroilga qarshi ballistik raketa zarbasi berganini e’lon qildi. Bu haqda mamlakatning davlat axborot agentligi IRNA o‘z hisobotida ma’lum qildi.
Rasmiy bayonotda ta’kidlanishicha, amalga oshirilgan hujum Isroilning sionistik rejimi tomonidan Eronga qarshi qilingan "shafqatsiz va tahdidli hujumlar"ga javob sifatida amalga oshirilgan.
"Bir necha daqiqa oldin, Eron Isroilga qarshi hal qiluvchi operatsiyani boshladi. Bu bosib olingan yerlar tomon yuzlab turdagi ballistik raketalarni yo‘llash bilan amalga oshirildi", — deyiladi IRNA tarqatgan rasmiy xabarda.
Ayni vaqtda mintaqada harbiy faollik keskin oshgani, havo mudofaa tizimlari yuqori tayyorlik holatiga keltirilgani va xalqaro hamjamiyat tomonidan xavotir bilan kuzatib borilayotgani qayd etilmoqda.
Maxsus ta’kidlash joizki, Eron va Isroil o‘rtasidagi keskinlik so‘nggi haftalarda yanada avj olgan, bu esa mintaqadagi xavfsizlik vaziyatini yanada murakkablashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bor bunday masshtabdagi raketalar orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba berish holati 2020-yilda kuzatilgan edi. Bu safargi hujum esa yangi bosqichga o‘tgan ziddiyatni anglatishi mumkin.
Mintaqadagi siyosiy tahlilchilar bu harakatni Tehron tomonidan jiddiy ogohlantirish sifatida baholamoqda. Isroil rasmiylari hozircha hujumga rasmiy munosabat bildirmagan.
Zamin.uz tahririyati ushbu voqealar rivojini kuzatishda davom etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar