07:35 / 29.11.2016
5 822

Yanukovich: Ukrainadagi urushni hozirgi rahbariyat boshlagan

Yanukovich: Ukrainadagi urushni hozirgi rahbariyat boshlagan

Ukrainaning sboiq prezidenti Viktor Yanukovich sudda ishtirok etib, "Evramaydan" kunlaridagi Ukrainadagi ixtilofni bugun hokimiyat yuqorisida o‘tirganlar boshlaganini aytdi.

Yanukovich 2013-2014 yillar qishidagi voqealarni tahlil qilib, aynan "evromaydan" etakchilari, jumladan hozirgi bosh prokuror Yuriy Lusenko tomonidan birinchi marta qo‘llarga qurollarni olishga chorlov yangraganini aytdi. "Qurolli qarshilik ko‘rsatish, prezident qarorgohiga borish chaqiriqlarini Lusenko va "maydan"ning boshqa rahbarlari o‘z nutqlarida aytgan", deb aytmoqda Yanukovich.

Yanukovichning aytishicha, aynan shu chaqiriqlar o‘sha kunlarda hukumat va muxolifat vakillari bilan imzolangan va "vaziyatdan tinch chiqish imoniyatini berishi mumkin bo‘lgan" kelishuvni amalga oshirishga xalaqit bergan.

"Afsuski, shunday bo‘ldiki, bu radikallar 21 fevraldan 22 fevralga o‘tar kechasi davlat muassasalarini, keyin esa prezident qarorgohini qo‘lga oldilar va Kievdagi vaziyatdan norozi bo‘layotgan sharq va janubdagi aholini bostirishga tayyorgarlik ko‘ra boshladilar. Bu esa bu hududlarda odamlarning o‘zlari va oilalarini himoya qilish imkoniyatini qidira boshlashlariga olib keldi. Shu tariqa urush boshlandi. Ukrainadagi urushni hozirgi hokimiyat boshlagan", deb aytdi Yanukovich.


Yanukovich "maydan"da qurbonlar paydo bo‘lishidan kim manfaatdor bo‘lgani haqidagi savolga qon to‘kilishlarga javobgarlikni o‘sha kunlardagi qarshilik tashkilotchilariga yukladi. "Familiyalarni sud ma’lum qilishi kerak, agar u qachondir bo‘lsa. Biroq siyosiy javobgarlik "maydan"ning barcha etakchilari zimmasidadir. Bu "maydan" etakchilariga nafli bo‘lgan, ular keyin kuch bilan hokimiyatni egallab olganlar", deb ta’kidlab o‘tdi sobiq prezident.

Yanukovich vaziyatning bunday tus olishidan u va uning jamoasi manfaatdor bo‘lmaganini ta’kidlab o‘tdi hamda qurbonlar oilalariga murojaat qildi: "Men sizlardan kechirim, men bu fojia bo‘lmasligi uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilganimni tushunishingizni so‘ramoqchiman", deb o‘z so‘zlarini yakunladi Yanukovich.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yanukovich: Ukrainadagi urushni hozirgi rahbariyat boshlagan