date
views 315

Yevropa qo‘shinlari Ukrainada – murosa uchun yangi imkoniyatmi?

Yevropa qo‘shinlari Ukrainada – murosa uchun yangi imkoniyatmi?
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropa mamlakatlarining harbiy kontingentini Ukraina hududiga joylashtirish taklifini nafaqat mudofaa nuqtayi nazaridan, balki tinchlik muzokaralari uchun yangi yo‘l sifatida ham baholadi. Uning ta’kidlashicha, ushbu g‘oya Ukraina va Rossiya o‘rtasida murosaga kelish imkonini yaratishi mumkin.

Zelenskiy jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida “Ko‘ngillilar koalitsiyasi” deb nomlangan tashabbus haqida gapirib o‘tdi. Unga ko‘ra, bu guruh Yevropa mamlakatlari tomonidan tuzilgan bo‘lib, ular Ukrainada xavfsizlik kafolatlari sifatida faoliyat yuritishga tayyor. Qizig‘i shundaki, bu harakat NATO a’zoligini talab qilmaydi – u to‘g‘ridan to‘g‘ri Ukraina hududiga qo‘shin joylashtirishni nazarda tutadi.

“Bu yerda NATOning beshinchi moddasi amalga oshirilishi mumkin, lekin bizning a’zoligimiz shart emas. Ular Ukrainada joylashadi va bu nafaqat yordam, balki himoya uchun ham muhim qadam bo‘ladi”, – dedi Zelenskiy.

Prezident, shu bilan birga, Yevropa mamlakatlari bu jarayonga AQSHning qo‘shilishidan ham umidvor ekanini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar AQSH ham Yevropa bilan birga ishtirok etsa, bu Ukraina uchun kuchli siyosiy va harbiy qo‘llab-quvvatlash sifatida xizmat qiladi.

“Agar qandaydir voqea yuz bersa, Amerika ham biz bilan birga bo‘ladi. Bu muhim siyosiy ishora”, – deya qo‘shimcha qildi u.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, Yevropa harbiy kuchlarining Ukraina hududida bo‘lishi yordam miqdorining kamayishi emas, aksincha, uning mustahkamlanishi demakdir. Chunki bu hozirdagi murakkab vaziyatda yaqindan turib himoyalashni anglatadi.

“Biz hozir 1991 yil chegaralarimizni qaytarib olishga to‘liq qodir emasmiz, lekin Yevropa harbiylari hududimizda bo‘lsa, bu bizga tinchlik muzokaralarini boshlash uchun yangi imkoniyat yaratadi”, – dedi Zelenskiy.

Shuningdek, u Yevropa qo‘shinlarining mavjudligi Ukraina uchun qanday afzalliklar berishiga ham to‘xtalib o‘tdi. Unga ko‘ra, bu nafaqat geosiyosiy himoya, balki psixologik ustunlik hamdir.

“Agar orqangizda bunday kuchli harbiylar tursa, siz Rossiya bilan tengma-teng muzokara olib borish imkoniyatiga egasiz. Agar yo‘q bo‘lsa, u holda gap ultimatumga aylanadi. Chunki Putin kim bilan gaplashayotganini juda yaxshi tushunadi”, – dedi Zelenskiy.

Bu bayonot Ukraina–Rossiya munosabatlarida yangi bosqichni boshlab berishi mumkin. Yevropa davlatlarining ushbu tashabbusdagi pozitsiyasi va AQSHning ehtimoliy ishtirokchi sifatida qay darajada qo‘shilishi esa yaqin kelajakda siyosiy manzarani yanada aniqroq belgilab beradi. Ukrainada esa umid kuchayayotir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropa qo‘shinlari Ukrainada – murosa uchun yangi imkoniyatmi?