date

Netanyaxu Eron tahdidiga javob tayyorligini e’lon qildi

Netanyaxu Eron tahdidiga javob tayyorligini e’lon qildi
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralar fonida jiddiy bayonot bilan chiqdi. Uning ta’kidlashicha, Isroil Eronga diplomatik yo‘l orqali kelishuvga erishish uchun vaqt bergan, ammo endi harbiy yechimni istisno qilmaydi.

"Biz Eronga 60 kun vaqt berdik, amerikaliklar bilan muzokara qilishdi. Biroq bu davrda Eronning oliy rahbari, diktator Oyatulloh Ali Xomanaiy Isroil yo‘q qilinishi kerakligini aytdi", — dedi Netanyaxu matbuot anjumanida. "Biz bu gaplarni eshitdik va tushundik. Endi esa natijani ko‘rishni xohlaymiz", — deya qo‘shimcha qildi u.

Netanyaxuning so‘zlariga qaraganda, Isroil endilikda diplomatiyaga emas, o‘z xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan aniq qadamlarni ko‘rib chiqmoqda. Isroil rahbari buni nafaqat Eron tahdidiga javob, balki butun mintaqadagi barqarorlik uchun kurash deb baholadi.

Siyosiy kuzatuvchilar fikricha, bu bayonot Isroilning sabr to‘plamasi so‘nggi nuqtaga yetganini ko‘rsatadi. Eron va Isroil o‘rtasidagi ziddiyat tobora keskin tus olayotgan bir paytda, har ikki tomonning harbiy tayyorgarliklari yangi bosqichga o‘tishi mumkin.

Bu orada xalqaro hamjamiyatning diqqati ham Yaqin Sharqdagi vaziyatga qaratilib, diplomatik faollik yanada jonlanishi mumkin. Ammo Isroil rahbarining so‘nggi chiqishi, ehtimol, yaqin kunlarda mintaqada yangi murakkabliklar boshlanishidan darak bermoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Netanyaxu Eron tahdidiga javob tayyorligini e’lon qildi