
Eronning yadro dasturi atrofidagi tortishuvlar yanada chigallashmoqda. Xalqaro manbalarda tarqalgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil Eronning Natanz shahrida joylashgan yer osti yadro majmuasidagi asosiy sentrifugalarni yo‘q qilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Xalqaro Atom Energetikasi Agentligi (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi BBC telekanaliga bergan intervyusida bayonot berdi.
Grossiga ko‘ra, Natanz yadro obyektidagi sentrifugalar “jiddiy zarar ko‘rgan, agar to‘liq yo‘q qilinmagan bo‘lsa”. Aynan shu uskunalar yadro yoqilg‘isini uran asosida atom quroli darajasida boyitishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ushbu zarba yadro dasturining “yuragi”ga berilgan deb baholanmoqda.
Isfahon viloyatidagi boshqa bir yadro majmuasida ham kamida to‘rtta binoga ziyon yetkazilgani ma’lum qilindi. Ammo Fordo shahri yaqinida joylashgan yer osti zavodida zarar qayd etilmagan.
Reuters agentligi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Isroil Erondagi faol ishlayotgan uchta uran boyitish markazidan ikkitasini ishdan chiqargan. Bu joylarda yuqori darajada boyitilgan yadro yoqilg‘isi zaxira qilinayotgani qayd etilgan.
Geosiyosiy tahlilchilarning ta’kidlashicha, bunday harakatlar nafaqat mintaqaviy barqarorlikni izdan chiqaradi, balki global xavfsizlikka ham jiddiy tahdid soladi. Mutaxassislar bu holatni tezkor xalqaro diplomatiya orqali bartaraf etish zarurligini uqdirmoqda.
Bunday jiddiy vaziyatda dunyo hamjamiyati tomonidan so‘z emas, amaliy qadamlar talab etilayotgan payt. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar