
Yangi hafta Vashingtonda yuqori darajadagi muhokamalar bilan boshlandi. Oq uyda o‘tkazilgan yopiq yig‘ilishda Eronga qarshi ehtimoliy harbiy amaliyot masalasi ko‘rib chiqildi. Ammo manbalarga ko‘ra, natijada radikal qaror qabul qilinmadi — AQSH Eronga zarba bermaslikka qaror qildi.
The Wall Street Journal nashrining yozishicha, yig‘ilish paytida Tehronga qarshi operatsiya qilish masalasi muhokamadagi bir nechta ssenariylardan biri bo‘lgan. Biroq AQSH rahbariyati hozircha qat’iy qaror qabul qilishdan o‘zini tiygan.
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, bunday muhokama o‘ziyoq mintaqadagi keskinlik darajasini yanada oshirdi. Chunki bu bilan AQSH Eron masalasini harbiy yo‘l bilan hal qilish imkonini jiddiy tarzda ko‘rib chiqayotgani ma’lum bo‘ldi.
Avvalroq ABC News telekanali ushbu masalada Vashingtonning Isroilga harbiy ko‘mak berish-bermaslik borasidagi qarorini yaqin 24-48 soat ichida qabul qilishi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, Isroilning 12-kanali orqali tarqatilgan ma’lumotga ko‘ra, Isroil rasmiylari ham AQSH tomonidan amaliyotda ishtirok etish ehtimoli yuqori deb hisoblamoqda.
Shu paytga qadar Eron rasmiylari harbiy tahdidlarga keskin javob qaytarilishini ta’kidlab kelmoqda. AQSHning hozircha hech qanday zarba bermaslik haqidagi qarorini esa tahlilchilar vaziyatni nazorat ostida saqlashga urinish sifatida baholamoqda.
Xalqaro hamjamiyat esa ushbu siyosiy tortishuvlarning urushga aylanib ketmasligi uchun har ikki tomondan muvozanat va diplomatik yondashuv talab qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar