date

Putin: Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan tugatmoqchimiz

Putin: Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan tugatmoqchimiz
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya–Ukraina mojarosi “imkon qadar tez va, eng muhimi, tinch yo‘l bilan” yakun topishini istashini ma’lum qildi. Bu haqda u Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida jahon axborot agentliklari rahbarlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda bayon etdi.

“Biz muammoni siyosiy va diplomatik yo‘l bilan hal etish tarafdorimiz. Janglar davom etishini xohlamaymiz. Lekin, afsuski, Ukraina tomoni va uning G‘arbdagi ittifoqdoshlari bu masalada boshqacha yo‘l tutayotganini ko‘ryapmiz”, — dedi Putin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bir necha bor muzokaralarga tayyor ekanini bildirgan, biroq Kiyev va uni qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlar tinchlik yo‘lidan yurishni xohlamayapti.

"Bizga ayb qo‘yayotganlar ko‘p, lekin tinchlikka erishish uchun avvalo ikki tomon ham o‘zaro hurmat va hozirgi reallikni qabul qilishi kerak", — deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.

Putinning ushbu bayonoti xalqaro doirada turli munosabatlarga sabab bo‘lmoqda. Kuzatuvchilar bu so‘zlarni Rossiyaning munoqishani muzokaralar orqali hal qilishga urinishi sifatida baholayotir. Ammo Ukraina va G‘arb davlatlari pozitsiyasi hozircha o‘zgarishsiz qolmoqda.

Mojaroning qancha davom etishi va uning qanday tugashi hali noma’lum. Bir narsa aniq: tinchlik har ikki xalq uchun ham muhim va shoshilinch masalaga aylangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin: Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan tugatmoqchimiz