
Ukraina parlamenti Oliy Rada deputati Maryana Bezuglaya mamlakatning yaqin kelajagi haqida jiddiy xavotir bildirmoqda. U o‘zining Telegram sahifasida Ukraina yaqin muddatlarda davlat sifatida yo‘q bo‘lib ketishi yoki bir necha kichik "qo‘g‘irchoq" davlatlarga bo‘linib ketish ehtimoli katta ekanini ta’kidladi.
Bezuglayaning ta’kidlashicha, Ukraina ayni damda dunyodagi yirik kuchlar – AQSH, Rossiya, Xitoy yoki bo‘linib ketgan Yevropa ittifoqidan ham qo‘llab-quvvatlov olmayapti. "Biz hozir hech kimga tegishli emasmiz va oldimizda eng qiyin kunlar turganini anglashimiz kerak", deb yozadi deputat. U bu davrni mamlakatning mustaqil davlat sifatida shakllanishidagi muhim bosqich deb atadi.
Deputatning fikriga ko‘ra, Ukraina siyosiy doiralarida yashirin kelishuvlar va ichki nizolar avj olgan. Bu esa davlatchilikning asosini yemirishi mumkin bo‘lgan jiddiy salbiy tendensiyalarga olib kelmoqda. "Hokimiyat o‘z-o‘zidan maqsad emas, balki faqat g‘oyalarni amalga oshirish vositasi bo‘lishi kerak", degan Bezuglaya davlat boshqaruv tizimi hozirda barqarorlikni ta’minlashga qodir bo‘lsa-da, mamlakatni g‘alaba sari yetaklay olmasligini ta’kidladi.
Ukraina Qurolli kuchlarining holati ham deputatning xavotirlariga sabab bo‘lmoqda. Hukumatning harakatsizligi va korrupsiya sababli, ayniqsa, pilotsiz uchish apparatlari (dronlar) bo‘yicha rivojlanish izdan chiqmoqda. Armiya esa Rossiya Qurolli kuchlarining yangi hududlarga kirib kelishini to‘xtatishga qodir emasligi aytilmoqda.
Shu bilan birga, Bezuglaya agar hukumat o‘zgargan taqdirda mudofaa vaziri Rustem Umerov va bosh qo‘mondon Aleksandr Sirskiy o‘z lavozimlarini saqlab qoladigan bo‘lsa, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va uning ofisi rahbari Andrey Yermakka qarshi ochiq muxolifat boshlashi bilan tahdid qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Bezuglaya bundan avval ham Ukraina Qurolli kuchlari rahbariyatini, xususan, Sirskiy, Umerov va sobiq bosh qo‘mondon Valeriy Zalujniyni ko‘p marta qattiq tanqid qilgan edi. Uning fikricha, mamlakatdagi keng tarqalgan korrupsiya va harbiy sohadagi muammolar Ukraina davlatchiligining yemirilishiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar