
Futbolchilar olamida kumir bilan yuzma-yuz ko‘rishish har qanday yosh iqtidor egasi uchun orzu. Bu orzuni esa yaqinda "Barselona"ning yosh yulduzi Lamin Yamal amalga oshirdi.
17 yoshli Yamal hayotdagi ilhom manbasi — Braziliya terma jamoasining afsonaviy hujumchisi Neymar bilan uchrashish uchun Rio-de-Janeyro shahriga sayohat qildi. Ular birgalikda quyoshli Braziliya ko‘chalarida golf-karlarda sayohat qilib, yaxshi kayfiyatda suhbatlashishdi. Videolavhalarda ikkisining samimiy munosabati, kulgi va chinakam do‘stona muhit yaqqol ko‘rinadi.
Kumirining yurtiga tashrif buyurish va u bilan birga vaqt o‘tkazish — Yamal uchun nafaqat orzu, balki yangi bosqichdagi motivatsiya hamdir. Shu orqali u o‘z yo‘lidagi qadamlarini yanada qat’iylashtirishi, kelajakda katta yutuqlarga erishishi mumkin.
Neymar uchun esa bu uchrashuv uning yosh avlodga qanday ta’sir o‘tkazayotganini anglashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Yosh avlod unga nafaqat futbolchi sifatida, balki zamonaviy futbol ruhi va uslubining ramzi sifatida qaraydi.
Lamin Yamalning kumirini yo‘qlab Braziliyaga yo‘l olishi uning qanchalik samimiy va fidoiy ekanini ko‘rsatadi. Undagi muhabbat va ehtirom nafaqat muxlislar, balki barcha yosh futbolchilar uchun katta ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing