
Yaqin Sharqda yuzaga kelgan jiddiy geosiyosiy muammolar fonida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu xalqqa murojaat yo‘llab, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampga Erondagi yadroviy obyektlarga berilgan zarbalar uchun chuqur minnatdorlik izhor qildi.
Netanyaxu o‘z so‘zida, 13 iyun kuni boshlangan operatsiya vaqtida Eron yadro infratuzilmalari qanday qilib bo‘lmasin to‘liq yo‘q qilinishi uchun qat’iy qaror qabul qilinganini ta’kidladi. Isroil rahbariga ko‘ra, bu vazifa muvaffaqiyatli bajarildi va o‘z va’dasi to‘liq amalga oshirildi.
E’tiborli jihati shundaki, operatsiya Qo‘shma Shtatlar mudofaa salohiyati va Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) bilan to‘la muvofiqlikda o‘tkazildi. Netanyaxuning aytishicha, zarbalardan so‘ng Tramp shaxsan unga qo‘ng‘iroq qilgan va bu suhbat “juda samimiy, tarixiy va ta’sirli” bo‘lgan.
Bosh vazir, shuningdek, AQSH prezidentining ushbu "jasoratli va katta mas’uliyat talab qiluvchi" qarori nafaqat Isroil uchun, balki butun Yaqin Sharq mintaqasidagi barqarorlik va xavfsizlik uchun muhim burilish nuqtasi bo‘lganini ta’kidladi. Netanyaxu Tramp qarorining tarixiy ahamiyatini alohida e’tirof etdi.
Netanyaxuning ta’kidlashicha, ushbu birgalikdagi choralar yadro quroli tarqalishining oldini olish va mintaqadagi xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish imkonini berdi. Isroil rahbari Amerika qo‘llovi va strategik hamkorligi bo‘lmasa, bu kabi katta masshtabli operatsiyani amalga oshirish amri mahol bo‘lishini bildirdi.
Qayd etish joiz, ayni paytda Eron va Isroil o‘rtasida keskinlik kuchayib, mintaqada xalqaro hamjamiyat diqqat bilan kuzatayotgan voqelik yaratilgan. Amerika prezidenti Donald Trampning “tarixiy va jasoratli” qarorlari Yaqin Sharqda yangi siyosiy muvozanatni shakllantirishi mumkinligi aytilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar