
Fransiya poytaxtida juda g‘ayrioddiy va xavfli qo‘poruvchilik urinishi oldi olindi. Parij politsiyasi Le-Burjedagi nufuzli aviasalon tadbiriga xalaqit berishni maqsad qilgan yetti nafar o‘ta so‘l faolni qo‘lga oldi.
Mazkur faollar aviasalonni buzish uchun g‘aroyib va bir paytning o‘zida xavfli usulni tanlashgan — yuzlab geliy sharlardan foydalanish orqali havo makonida xalal keltirish.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, faollardan musodara qilingan jihozlar orasida 200 ga yaqin shar va maxsus geliy balonlari topilgan. Ularning rejasi ikki bosqichda amalga oshirilishi kerak edi. Birinchi urinish juma kuni, aviasalon keng jamoatchilik uchun ochilganda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan. Bu paytda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham tadbirga tashrif buyurishi kutilgan edi. Ammo u G7 sammiti munosabati bilan Kanadada bo‘lgani sabab, birinchi urinish amalga oshmay qoldi.
Ikkinchi harakat shanba kuni tushdan keyin rejalashtirilgan bo‘lib, sharlar orqali havo makonini muvaqqat bloklash ko‘zda tutilgan. Lekin Fransiya ichki ishlar organlari o‘z vaqtida ketayotgan harakatlarni fosh etib, gumonlanuvchilarni 20 va 21 iyun kunlari hibsga olishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu faollar aviasalonda Isroil harbiy kompaniyalarining ishtirok etishiga qarshi chiqqanlar. Ular buni o‘z nuqtayi nazarlarini namoyon etishning ta’sirchan yo‘li deb bilganlar.
Ayni vaqtda gumonlanuvchilar qamoqda saqlanmoqda va Fransiya qonunchiligiga muvofiq ular “havo makoni va uchuvchi texnikalar harakatiga xavf tug‘dirish” moddasi bo‘yicha ayblanishlari mumkin.
Bu voqea mamlakat xavfsizlik tizimining faolligi va qattiq nazorati tufayli jiddiy oqibatlarning oldi olinganini ko‘rsatadi. Ammo bu kabi fitnalarning ortida turgan kuchlar va ularning maqsadlari jamoatchilikda xavotir uyg‘otishda davom etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar