
Yaqinda AQSH prezidenti Donald Tramp Kentukki shtatidan saylangan Kongress Vakillar palatasi a’zosi Tomas Massining Amerika tomonidan Eronning yadro infratuzilmasiga berilgan zarbalarga nisbatan bildirgan tanqidiy fikrlariga keskin munosabat bildirdi. Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida chiqish qilgan Tramp Massini “daydi” deb atadi va uni Kongressdan haydash lozimligini alohida ta’kidladi.
“Bu daydini zudlik bilan Kongressdan haydab chiqarish kerak!”, deydi Tramp.
Ma’lumot uchun, Tomas Massi AQSHning so‘nggi harbiy harakatlariga qarshi chiqib, Eronning yadroviy obyektlariga berilayotgan zarbalarni qoraladi. Tramp esa bu tanqidni mutlaqo qabul qilmasdan, Massining MAGA (Make America Great Again) harakatiga aloqador emasligini, u faqat o‘zini uning tarafdori deb atashini eslatdi. Shuningdek, prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Massi vatanparvarlik siyosatini yoqlamaydi va hatto “har qulay fursatda “Amerikaga o‘lim” deb baqirayotgan” Eron manfaatlarini himoya qilmoqda.
Shu paytgacha Amerika jamoatchiligida ham Eronga berilgan zarbalarga munosabat turlicha bo‘lmoqda. Masalan, Los Anjeles okrugi sherifi ham ijtimoiy tarmoqda o‘z sahifasi orqali Eronga hamdardlik bildirgan edi, ammo keyinchalik postini o‘chirib tashlashga majbur bo‘ldi. Bu esa mamlakat ichida ham mojaro bo‘yicha qarashlar bir xil emasligini ko‘rsatadi.
22 iyunga o‘tar kechasi prezident Donald Tramp rahbarligidagi Amerika harbiy-havo kuchlari Eronning uchta yadroviy infratuzilmasiga kuchli zarbalar berdi. Asosiy nishon sifatida Fordo uran boyitish zavodi tanlandi. Tramp o‘z bayonotida Eronning barcha asosiy yadroviy obyektlari “butunlay va to‘liq yo‘q qilinganini” bildirdi. Biroq, Tehron rasmiylari Fordo zavodiga faqat qisman zarar yetganini ta’kidlashdi.
Bu voqealar fonida AQSH va Eron o‘rtasidagi ziddiyat yangi bosqichga ko‘tarildi. Donald Tramp o‘zining qat’iy va hech qanday murosaga bormasligi bilan yana bir bor Amerika jamoatchiligi va xalqaro maydonda jiddiy e’tibor qozondi.
Bu kabi qat’iy bayonotlar va keskin siyosiy qarama-qarshiliklar AQSH ichki siyosiy muhiti va tashqi siyosatining yanada murakkablashuviga olib kelmoqda. Mavjud vaziyat nafaqat AQSH va Eron munosabatlari, balki xalqaro xavfsizlik uchun ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing