14:05 / 01.12.2016
6 580

Qirg‘iziston prezidenti 1 yildan keyin lavozimini tark etishi haqida gapirdi

Qirg‘iziston prezidenti 1 yildan keyin lavozimini tark etishi haqida gapirdi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev bir yildan keyin davlat rahbarligidan ketishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

«Bugun prezident bo‘lganimga 6 yil to‘ldi. Vaqt juda tez oqmoqda, lekin afsuslansam bo‘lmas. Men bu yillar davomida Qirg‘iziston fuqarolari yordamida juda ko‘p ishlar qilishga muvaffaq bo‘ldim. Hozir mamlakatimiz butunlay o‘zgardi. Bir yildan keyin ishimni tark etaman va 2-3 yildan keyin nimalarni amalga oshirganimiz ko‘rinadi», — deya Atambaevning so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.

U 2017 yilning oktyabrida «agar qonunchilik yo‘l qo‘ysa» prezidentlik saylovlarini o‘tkazish zarurligini qayd etgan. Davlat rahbarining ta’kidlashicha, kelgusida qaysi partiya vakili hukumat tepasiga kelishi u qadar ahamiyatli emas.

«Menga tizimli ravishda ish olib boradigan siyosatchilar yoqadi. Men o‘rnimga kelishi mumkin bo‘lgan bir necha nomzodlarni bilaman, lekin hozir ularning nomlarini keltirmayman», — deya qo‘shimcha qilgan Atambaev.

Atambaevning hisoblashicha, 2020 yilgacha mamlakatda ikkita kuchli va parlamentda bir-birining o‘rnini almashtira oladigan partiyalar yuzaga kelishi kerak. Shu orqali hukumat tepasiga marginal siyosatchilar kelishining oldini olish mumkin bo‘ladi.

Atambaev 2011 yilda hukumat tepasiga kelgan, uning vakolati muddati 2017 yil oxirida tugaydi.

Bundan oldinroq Qirg‘iziston parlamenti konstitusiyaga bosh vazir vakolatlarini kengaytirish bo‘yicha o‘zgartirish haqidagi fikrlar so‘raladigan referendum o‘tkazilishini belgilagandi. Bu referendum 11 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston prezidenti 1 yildan keyin lavozimini tark etishi haqida gapirdi