date

Angrenda sifatsiz dori bilan savdo qilgan dorixona fosh etildi

Angrenda sifatsiz dori bilan savdo qilgan dorixona fosh etildi
Angren shahrida aholi salomatligiga xavf tug‘diruvchi jiddiy holat aniqlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Angren shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir chog‘ida “A.T.” xususiy korxonasiga qarashli dorixonada huquqbuzarlik aniqlandi.

Tekshiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, dorixonada norasmiy ishlab kelayotgan savdo xodimi D.A. xaridor F.N.ga sifatini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan dori vositalarini sotgan paytda ushlangan. Shuningdek, dorixona inventarizatsiya qilinganda umumiy bahosi 59,8 million so‘mga teng 21 106 dona dori vositasi aniqlangan. Ular orasida:
- 3 380 dona yaroqlilik muddati o‘tgan dori;
- 325 dona biologik faol qo‘shimchalar savdo rastasida taqdim etilgan;
- Hech bir dorida kirim hujjatlari mavjud bo‘lmagan.

Barcha dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan va tegishli organlarga topshirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi — “Sifatsiz yoki qalbaki dori vositalarini tayyorlash va tarqatish” bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sog‘liqni saqlash mutaxassislari bunday holatlar aholi hayotiga jiddiy tahdid solishini ta’kidlab, fuqarolarni faqat litsenziyalangan va ishonchli dorixonalarga murojaat qilishga chaqirmoqda.

Zamin.uz bu kabi holatlarni yoritishda davom etadi — salomatlik va xavfsizlik barchadan ustun!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Angrenda sifatsiz dori bilan savdo qilgan dorixona fosh etildi