date

Eron AQSH yetkazgan zararlarni to‘latmoqchi

Eron AQSH yetkazgan zararlarni to‘latmoqchi
Eron AQSHga qarshi BMTga rasmiy shikoyat arizasi taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Said Xatibzoda ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, AQSHdan Eronning yadroviy obyektlariga yetkazilgan zararni qoplash talab qilinishi kerak. Xatibzoda ta’kidlaganidek, 13 iyun kuni Isroil Eronga qarshi harbiy harakatlarni boshlagan, shu davomda mamlakatning harbiy, yadroviy va aholi yashash manzillari nishonga olingan. 22 iyun kuni esa AQSH aralashib, Natanz, Fordo va Isfahonda joylashgan uchta yadroviy inshootga havo zarbalari bergan.

Bu harakatlarga javoban, Eron askarlari Isroilga qarshi 22 to‘lqinda raketalar orqali javob bergan. Ushbu zarbalar ortidan Isroilda juda katta talafotlar kuzatilgan.

Xatibzodaning aytishicha, 24 iyun kuni kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi orqali harbiy harakatlar to‘xtatilgan.

“AQSH Eron tomoniga turli kanallar orqali urushni to‘xtatishga oid xabarlar yo‘lladi. Biroq Tehron avval agressiya to‘xtatilishi shartligi, shundan so‘nggina o‘t ochishni to‘xtatish masalasi ko‘rib chiqilishini bildirdi”, degan Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili.

Vazir o‘rinbosarining qayd etishicha, Eron Isroil bilan hech qanday yozma kelishuv imzolamagan.

“Sodir bo‘lgan narsa – bu zo‘ravonlikning to‘xtashi. Shu bilan birga, Eron hujumni qayta boshlamaydi, garchi harbiy javobga to‘liq tayyor bo‘lsa ham”, degan Xatibzoda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron AQSH yetkazgan zararlarni to‘latmoqchi