
Yaqin Sharqda siyosiy xavf va yadroviy inqiroz xavfi yana avj olmoqda. Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli bombardimonga qaramay, Eron o‘zining strategik boyitilgan uran zaxiralarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Financial Times nashri Yevropaning razvedka manbalariga tayanib xabar tarqatdi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, ushbu operatsiya AQSH uchun muhim muvaffaqiyat sifatida baholangan bo‘lsa-da, Eron bu xatardan oldinroq xabardor bo‘lib, uran zahiralarini yashirin ravishda boshqa hududlarga ko‘chirib ulgurgan. Ayni paytda uranning asosiy qismlari Fordodagi yerosti majmuasida emas, balki boshqa strategik nuqtalarda saqlanayotgani aytilmoqda.
408 kilogrammga yaqin 60 foizli uran Eron hududida xavfsiz tarzda tarqatilgani aytiladi. Ushbu raqam yadro quroli ishlab chiqarish uchun yetarli material sifatida baholanadi. Isroil va AQSH manbalariga ko‘ra, ushbu harakatlar AQSH rahbari Donald Tramp tomonidan Eronga nisbatan yangragan urush tahdidlaridan keyin amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.
Fordoning tagida nima qoldi?
Eslatib o‘tamiz, Erondagi Fordo yadroviy majmuasi tarixan mamlakatning eng muhim uran boyitish markazlaridan biri hisoblanadi. U Kum shahri yaqinidagi tog‘ ostida joylashgan va katta himoya tizimlariga ega. AQSH zarbalari natijasida uning yer usti infratuzilmasiga zarar yetkazilgan bo‘lsa-da, yerosti qavatlari ancha yaxlit qolgani aytilmoqda.
Hozirda Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar ushbu hujumning ta’sir darajasi haqida tayyorlanayotgan maxfiy razvedka hisobotini kutmoqda. Bu hisobotda obyektning texnik holati, zarar ko‘lami va uran boyitish qobiliyati batafsil bayon etiladi.
Trampning bayonoti va AQSHning rasmiy reaksiyasi
Shu orada Donald Tramp o‘zining Truth Social platformasida bildirishicha, hech qanday material ko‘chirilmagan va Eronning uran zahiralari to‘liq yo‘q qilingan. Biroq bu fikr AQSH va Yevropa manbalarining ma’lumotlari bilan mutlaqo zid keladi. Unga ko‘ra, bunday hajmdagi boyitilgan uranni tashish juda og‘ir va qimmat jarayon bo‘lib, ommaviy kuzatuvlardan yiroq, maxfiy usullarda amalga oshirilgan.
Oq uy esa bu voqeadan so‘ng Kongressga maxfiy ma’lumot taqdim etishga cheklov qo‘ydi. Sababi — bu ma’lumotlarning jurnalistlar qo‘liga tushishi aynan Kongress orqali amalga oshirilgani aytilmoqda. Pentagon rahbariyati ham matbuotni haddan ziyod ma’lumot tarqatishda aybladi.
Isfahon — yadroviy faoliyatning yangi markazimi?
The New York Times manbalariga ko‘ra, uran zaxiralari Isfahondagi yerosti majmualarga olib borilgan. Konteynerlarga joylashtirilgan materiallar maxsus yengil yuk mashinalarida ko‘chirilgan. Har bir transport vositasi muayyan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanib, uranni tarqatish va bir nuqtada jamlanish xavfini kamaytirgan.
Bu holat Eronning strategik rejalashtirishda yuqori tajribaga egaligini ko‘rsatmoqda. Bunday tizimdagi logistika bir necha oy tayyorgarlikni talab qiladi va ushbu muvaffaqiyatni tasodif deb baholash mushkul. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar