
Janubiy Koreyada siyosiy vaziyat yanada taranglashdi — mamlakatda dekabr oyida joriy etilgan harbiy holat ishi bo‘yicha maxsus prokuratura sobiq prezident Yun Sok Yolga nisbatan yangi hibs orderi so‘radi, deb xabar berdi yna.co.kr. Maxsus prokuror Pak Ji Yonning ma’lum qilishicha, yangi order so‘rovi ishga oid muhim tafsilotlar bilan sud yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.
Avvalroq, sud 7 mart kuni Yun Sok Yolni hibsdan ozod etgan, ammo prokuratura uning isyon tashkillashtirishdagi ehtimoliy roli yuzasidan tergovni to‘xtatmagandi. Qizig‘i shundaki, may oyida ham sobiq prezidentni hibsga olishga urinish bo‘lgan, lekin u rad etilgandi. Yangi talab mamlakat siyosiy muhitida keskin bahs va munozaralarga sabab bo‘ldi.
Ma’lumki, 2024 yil dekabrda mamlakatda harbiy holat e’lon qilingan, bu esa Yun Sok Yolga nisbatan impichment e’lon qilinishiga olib kelgan. Prezident isyon tashkillashtirishda ayblanib, yanvarda hibsga yuborilgan edi. Ammo mart oyida Seul sudi uni hibsdan ozod qildi. Shundan beri, ish sudda ko‘rib chiqilmoqda va yangi order so‘rovi bu jarayonga yanada jiddiyroq tus berdi.
Siyosiy sahnada esa muhim o‘zgarishlar sodir bo‘ldi: iyun oyida muddatidan oldin prezidentlik saylovlari o‘tkazildi. Saylov natijasida muxolif «Toburo» demokratik partiyasi nomzodi Li Chje Myon g‘alaba qozondi va mamlakatning yangi rahbari bo‘ldi.
Yangi voqealar Janubiy Koreyada qonuniylik, demokratik jarayonlar va siyosiy barqarorlik bo‘yicha katta sinovlar davom etayotganini ko‘rsatmoqda. Tergov natijalari va sud qarorlari nafaqat mamlakat, balki butun mintaqada katta qiziqish uyg‘otmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar