
Rossiya armiyasi tomonidan Xarkivga uyushtirilayotgan uchuvchisiz uchoqlar hujumlari yanada shiddatlashdi, deb xabar berdi dw.com. 7 iyul, dushanba kuni mahalliy vaqt bilan kechki 21:00 holatiga ko‘ra, shahardagi so‘nggi dron hujumlari natijasida jarohatlanganlar soni 82 kishiga yetdi, ular orasida sakkiz nafar bola ham bor. Xarkiv viloyat prokuraturasi aytishicha, 34 yoshli ayol halok bo‘lgan.
Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari Xarkivga ikki marta – ertalab va kunduzi “Geran-2” (Shahed) rusumidagi dronlar yordamida zarba bergan. Hujumlar shaharning Shevchenko, Xolodnogorskiy va Slobodskiy tumanlaridagi turar-joy va fuqarolik obyektlarini qamrab oldi.
So‘nggi oyda Xarkivda xavfsizlik vaziyati keskin yomonlashdi. 7 iyun kuni shaharga qariyb 50 ta dron, ikkita raketa va to‘rtta aviabomba tashlangan edi. Ukraina rasmiylariga ko‘ra, bu hujumlar natijasida uch kishi halok bo‘lib, yana o‘nlab fuqaro jarohat olgan. Oradan bir oy o‘tib, dronlar xavfi yanada ortgani va shahar infratuzilmasiga jiddiy zarar yetkazilgani ta’kidlanmoqda.
Mutasaddilarning aytishicha, so‘nggi hujumlarda asosan turar-joy binolari va aholi yashash hududlari nishonga olingan. Jabrlanuvchilar orasida bolalar va ayollar borligi vaziyatning jiddiyligini yanada oshirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar