date

Antarktidada “sinov parvozi” qilgan bloger hibsga olindi

Antarktidada “sinov parvozi” qilgan bloger hibsga olindi
19 yoshli AQSHlik bloger va yakka uchuvchi Ethan Guo o‘zining ulkan maqsadi — jahonning yetti qit’asini yakka holda aylanib chiqish rejasi bilan havoga ko‘tarilgan edi. Ammo uning mazkur sayohati Antarktidada kutilmagan muammoga duch keldi: ruxsatsiz qo‘ngani uchun Chili hukumati tomonidan hibsga olindi. Bu haqda Kursiv Media nashri xabar berdi.

Chili prokuraturasi ma’lum qilishicha, Guo o‘z parvoz yo‘nalishini oldindan ma’lum qilmasdan o‘zgartirgan va Chili da’vo qiladigan Antarktida hududida — Rodolfo Marsh ilmiy bazasiga ruxsatsiz qo‘ngan. Bunda u bir nechta xalqaro aviatsiya va milliy xavfsizlik qoidalarini buzgan deb hisoblanmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u Punta Arenas shahridan havoga ko‘tarilib, ko‘p o‘tmay Antarktidadagi ushbu hududga yetib borgan. Hozirda Guo aynan shu hududda, ya’ni Antarktidadagi Chili sektorida ushlab turilibdi.

Sud organlari tergov yakunigacha uni mamlakat hududidan chiqarmaslik haqida qaror qabul qilgan. Guo esa o‘z harakatlarini "sinov parvozi" deb atab, bu faqat tayyorgarlik qismi bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Bu voqea xalqaro havo parvozlari xavfsizligi masalasini yana bir bor kun tartibiga olib chiqdi. Ayni paytda Guoning sayohati qanday tugashi va unga qanday javobgarlik yuklatiladi — noma’lumligicha qolmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Antarktidada “sinov parvozi” qilgan bloger hibsga olindi