date

Ilon Mask va Donald Tramp munosabatlarining sirli tarixi ochiqlandi

Ilon Mask va Donald Tramp munosabatlarining sirli tarixi ochiqlandi
Dastlab ularning munosabati do‘stona, samimiy va hatto oilaviy ko‘rinishda bo‘lgan. Bu haqda AQSH prezident ma’muriyati rahbarlaridan biri Syuzan Uayls New York Post podkastida ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Ilon Mask Donald Trampni “deyarli ota siymosida” qabul qilgan.

Uayls o‘z xotiralarida shunday deb eslaydi: “Prezident uni juda samimiy qabul qilgan, Ilon esa juda ko‘p g‘oya va imkoniyatlarni taklif qilardi. U odamlar va texnologiyalar dunyosida chuqur bilimga ega edi, biz esa ko‘p narsani bilmasdik”.

Trampning Mar-a-Lago qarorgohida Mask hatto mehmon sifatida yashagan. Uning munosabati Trampning oila a’zolari bilan ham juda yaqin bo‘lgan: ular Maskni “Elon amaki” deb atashardi. Bu bir vaqtlar yaqin va ishonchli munosabat bo‘lganini ko‘rsatadi.

Biroq vaqt o‘tishi bilan bu aloqalar sovib ketdi. Nega bunday bo‘lgani borasida Uaylsning o‘zi ham aniq tushunchaga ega emas. “Men tushunmayapman, – deydi u. – Prezident oxirigacha Maskni foydali va ishonchli deb hisoblagan. Shuning uchun ularning yo‘llari ajralishi biz uchun kutilmagan bo‘ldi”.

Uaylsning fikricha, Ilon Mask — bugungi dunyoga boshqacharoq nazar tashlaydigan, noodatiy dunyoqarashga ega bo‘lgan shaxs. Bu xususiyatini Tramp ham qadrlagan, uning g‘oyalaridan foydalangan. Ammo do‘stlik va hamkorlik har doim ham abadiy bo‘lavermaydi.

Bu voqea nafaqat ikki mashhur shaxs o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlar haqida, balki siyosat va texnologiya dunyosidagi aloqalar qanday tez o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatib turibdi. Mask va Tramp o‘rtasidagi yaqinlik, so‘nggi sovuqlik va tushunmovchiliklar ko‘plab kuzatuvchilar uchun hali ham sirligicha qolmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask va Donald Tramp munosabatlarining sirli tarixi ochiqlandi