
Yevropada yana bir shov-shuvli jinoiy ish — Ispaniyaning Jirona shahrida “Rostex” vitse-prezidenti Vladimir Artyakovning o‘g‘li Dmitriy Artyakov hibsga olindi, deb xabar berdi theins.ru. Mahalliy huquq-tartibot organlari uni pul yuvishda gumon qilmoqda, tergov tafsilotlari esa xalqaro moliyaviy sxemalarga doir jiddiy savollarni ko‘ndalang qo‘ydi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu ishning markazida Dmitriy Artyakovning buvisi Anna Kurepina turadi. Tergov materiallariga asoslanganda, u Ispaniya bankidagi hisob raqamiga zayom ko‘rinishida 12,7 million yevro qabul qilgan. Bu pul esa ko‘chmas mulk xarid qilishga yo‘naltirilgan, keyinroq esa mulk nabirasi — ya’ni Artyakov nomiga rasmiylashtirilgan. Huquq-tartibot organlari aytishicha, bu mablag‘lar qaytarilmagan va operatsiyalarning qonuniyligi shubha ostida qolgan.
Eng qiziq jihati — tergovchilar hisoblashicha, Kurepinaning hisob raqamiga tushgan katta summa Rossiya budjetiga oid pul bo‘lib yurist Sergey Magnitskiy fosh etgan soliq qaytarish sxemasi orqali o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkin. Shu jihati bilan ish xalqaro moliyaviy qonun buzilishlari va sanksiya siyosati bilan bog‘lanmoqda.
Dmitriy Artyakov 2022 yildan buyon Ukraina, AQSH va Kanada sanksiyalari ostida bo‘lsa-da, Yevropa Ittifoqi unga cheklov qo‘ymagani tufayli u Ispaniyada bemalol harakatlanish va mulk sotib olish huquqiga ega bo‘lgan. Aynan shu imkoniyatdan foydalanib, u moliyaviy amaliyotlarni amalga oshirgani taxmin qilinmoqda.
Hozirda ish bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda va Ispaniyadagi rasmiylar qonunbuzarlik holatlariga aloqador barcha shaxslarning ishtirokini o‘rganmoqda. Bu ish Yevropada jinoiy yo‘l bilan olingan kapitalni aniqlash va xalqaro moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash uchun yana bir dolzarb misol bo‘lib qolmoqda.
Dmitriy Artyakovning kelajakdagi taqdiri, pullarning haqiqiy manbai va bu moliyaviy sxema orqali yana kimlar manfaatdor bo‘lgani esa yaqin kunlarda aniq bo‘lishi kutilmoqda. Vaqt ko‘rsatadi: Ispaniya politsiyasi va xalqaro huquq-tartibot idoralari mazkur ishni qanday yakuniga yetkazadi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar