date

G‘azo markazida havo hujumi: Isroil armiyasi "texnik xato"ni tan oldi

G‘azo markazida havo hujumi: Isroil armiyasi "texnik xato"ni tan oldi
G‘azo sektorining markaziy qismida suv olish uchun navbatda turgan tinch aholi orasiga uyushtirilgan havo hujumi oqibatida, 10 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlar orasida olti nafar bola borligi aytilmoqda. Mahalliy shifoxonalarga ko‘ra, 16 kishi, jumladan yetti bola jarohat olgan.

Guvohlarning aytishicha, Al-Nuseyrat qochqinlar lagerida joylashgan suv tarqatish punktida navbatda turgan odamlar orasiga dron tomonidan raketa otilgan. Hodisa joyidan olingan tasvirlar bolalar va kattalar orasida talofatlar bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.

Isroil Mudofaa Kuchlari (IDF) bu hujumni tan oldi va "Islomiy Jihod" jangarisi nishonga olinayotgan vaqtda raketa nishondan bir necha metr nariga tushganini bildirdi. Harbiylar bu holatni "texnik xato" deb atadi va hodisa tekshirilayotganini ma’lum qildi. IDF o‘z bayonotida tinch aholiga zarar yetishidan afsusda ekanini, bunday holatlarning oldini olishga harakat qilinayotganini ta’kidladi.

Bu hodisa Nuseyratdagi maktab va bolalar bog‘chasi yaqinida sodir bo‘lgani xalqaro hamjamiyatni jiddiy xavotirga solishi kerak.

G‘azoda bu hodisa yakshanba kuni sodir bo‘lgan bo‘lib, shu kuni boshqa joylarda ham Isroil havo hujumlari natijasida kamida 19 nafar falastinlik halok bo‘lgan. Ular orasida markaziy G‘azo va G‘azo shahridagi uylar nishonga olingan degan ma’lumotlar bor.

Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi (ICRC) Rafah shahridagi dala shifoxonasi so‘nggi olti hafta ichida 3,400 dan ortiq quroldan jarohatlangan bemorlarni qabul qilganini bildirdi. Ulardan 250 nafari hayotdan ko‘z yumgan. So‘nggi kunlarda bu shifoxonaga ayniqsa oziq-ovqat tarqatish joylari yaqinida yaralangan odamlar ko‘p olib kelingani aytilmoqda.

Shanba kuni Nasser shifoxonasi esa oziq-ovqat tarqatilayotgan hudud yaqinida 24 kishining o‘limi haqida xabar berdi. Guvohlar bu yerda Isroil askarlari odamlar ustiga o‘q uzganini aytmoqda. Biroq Isroil tomoni bu ayblovlarni inkor etib, faqat ogohlantiruvchi o‘q uzilganini ta’kidladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » G‘azo markazida havo hujumi: Isroil armiyasi "texnik xato"ni tan oldi