date

AQSH aeroportlarini himoya qiluvchi robotlardan foydalanmoqda

AQSH aeroportlarini himoya qiluvchi robotlardan foydalanmoqda
Amerika Qo‘shma Shtatlari aerodromlar xavfsizligini ta’minlash uchun yangi — g‘ildirakli robotlardan foydalanishni boshladi. Mazkur robotlar, asosan, yovvoyi tabiat va qushlardan kelib chiqadigan xavflarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Aeroportlar uchun qushlar katta muammo hisoblanadi. Ular samolyot motorlariga kirib ketib, og‘ir texnik nosozliklar va hatto halokatli holatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Qushlar old shisha panellarini shikastlashi, boshqaruv tizimlariga zarar yetkazishi ehtimoli yuqori. Shuningdek, yerdagi sutemizuvchilar — qo‘ng‘irlar, kiyiklar va boshqa hayvonlar uchish-qo‘nish yo‘laklariga chiqib, texnik qurilmalarga putur yetkazishi, yerni kavlash orqali strukturalarga xavf tug‘dirishi mumkin.

Yangi ishlab chiqilgan robotlar ana shunday yovvoyi jonzotlarni ogohlantirib, u yerdan haydash vazifasini bajaradi. Ularning har biri taxminan 3000 AQSH dollari turadi va aerodrom atrofini kuzatib, jonzotlar paydo bo‘lishiga javob qaytarish imkoniyatiga ega.

Ixtirochilar bu robotlarni kelgusida yanada takomillashtirishni ko‘zlamoqda. Ularga dronlar kabi avtonom harakat qilish imkoniyati, belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlana olish, turli landshaftlarga moslashish, kunlab to‘xtovsiz faoliyat yuritish va aqlli tanib olish tizimlari qo‘shilishi rejalashtirilgan.

Bunday funksiyalar robotlarga har xil vaziyatda samarali harakat qilish, xavfga mos ravishda eng to‘g‘ri taktikani tanlash imkonini beradi. Natijada, aeroportlarda ham hayvonlar, ham insonlar xavfsizligi yanada mustahkamlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH aeroportlarini himoya qiluvchi robotlardan foydalanmoqda