
Falastin Prezidenti Mahmud Abbos G‘azo bo‘yicha yechimni yana bir bor qat’iy ta’kidladi — u Isroilning okkupatsiya qilingan hududlardan to‘liq chiqishi shart deb hisoblaydi. Bu haqda u Amman shahrida Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
WAFA agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, uchrashuv davomida Falastindagi so‘nggi voqealar, jumladan, tinch aholiga qarshi uyushtirilayotgan zo‘ravonliklar muhokama qilingan.
Abbos o‘z so‘zida shunday dedi:
«Zudlik bilan otashni to‘xtatish, barcha fuqarolarni ozod qilish va G‘azoga insonparvarlik yordamini kiritish zarur. Ammo yagona asosiy yo‘l — Isroilning butunlay chiqishi. Shundan so‘ng, G‘azo to‘liq Falastin davlatining mas’uliyatiga o‘tadi».
Davlat rahbari HAMASni qurolni rasmiy ma’muriyatga topshirishga va Falastinni ozod etish tashkiloti (FOET) doirasida siyosiy jarayonlarga qo‘shilishga chaqirdi.
Avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Isroilning Qatar va Misr vositachiligida taqdim etilgan 60 kunlik otashkesim shartlarini qabul qilganini bildirgandi. HAMAS bunga ijobiy munosabat bildirib, muzokaralarga tayyorligini e’lon qildi.
Biroq Isroil tomoni HAMASning taklifga kiritgan o‘zgartirishlarini rad etdi. Shundan so‘ng ham, Isroil delegatsiyasi muzokaralarni davom ettirish maqsadida Qatar poytaxti Doxaga jo‘nab ketgan.
Manbalar ma’lum qilishicha, ko‘plab masalalar bo‘yicha kelishuv mavjud, ammo asosiy ziddiyat — Isroilning G‘azo janubidagi Rafah shahri va Moran koridorida harbiy nazoratni saqlab qolish talabidir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar