
Yaqin Sharqdagi tortishuvli vaziyatlar fonida Isroil hukumati Suriya hududida faoliyat yuritayotgan guruhlar va ularning rahbariyatiga qarshi keskin bayonot bilan chiqdi. Bu haqda Isroilning nufuzli nashri — “Israel Hayom” gazetasi yozmoqda. Manbalarning ma’lum qilishicha, rasmiy Tel-Aviv o‘z talablarini to‘g‘ridan to‘g‘ri emas, AQSH orqali yetkazgan.
Xabarga ko‘ra, Isroil tomoni Ahmad al-Sharaga jonli ogohlantirish bergan:
“Yakshanba kuni tushga qadar Suvayda viloyatida vaziyatni barqarorlashtiring, barcha beduin guruhlarini ushbu hududdan chiqaring. Agar bu talablar bajarilmasa, Suriyadagi qurolli tuzilmalaringizga nisbatan harbiy kuch ishlatamiz.”
Bu bildiruvdagi ton va muhlat masalaning qanchalik jiddiy ekanidan darak beradi. Suvayda mintaqasi oxirgi haftalarda noaniqlik, ichki to‘qnashuvlar va mahalliy qurolli guruhlar faoliyati bilan butunlay beqaror holga kelgan. Isroil esa bu vaziyatni o‘z xavfsizligiga tahdid sifatida baholamoqda.
Ahmad al-Shara, ayni paytda, Suriya janubidagi bir qator qo‘shinlarning hamda beduinlar bilan bog‘liq guruhlarning norasmiy yetakchisi sifatida tanilgan. Uning orqali tinchlik shartlarini ilgari surish Isroil uchun yuzaga kelayotgan xavfni tezda cheklashga urinish sifatida talqin qilinmoqda.
Isroil tomonining bu xatari agar amaliy bosqichga o‘tsa, bu nafaqat Suriya, balki butun mintaqadagi vaziyatga ta’sir qiluvchi yangi bosqichni boshlab yuborishi mumkin.
AQSHning bu jarayondagi ishtiroki esa Isroilning ogohlantirishi jiddiy va xalqaro darajada ham ko‘rib chiqilayotganini ko‘rsatadi.
Yaqin kunlarda Shara tomonidan qaysi yo‘nalish tanlanishi, mintaqaviy tinchlik uchun hal qiluvchi nuqtaga aylanishi mumkin. Suriyadagi barqarorlik va keng qamrovli xavfsizlik masalalari yana bir bor xalqaro maydonda e’tibor markazida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar