
Amerikada yashovchi Trevis ismli erkak qisqa fursat ichida ikkinchi marta bir xil lotereya o‘yinidan katta mukofotga erishdi. Uning fikricha, bu omad unga yaxshi ish qilgani tufayli kulib boqdi.
Arkanzas shtatida yashovchi Trevis S. (ismi to‘liq oshkor etilmagan) "Frenzy" nomli lotereya o‘yinida ikki hafta farq bilan ikki marta 50 ming dollardan (taxminan 600 million so‘m) yutib oldi. Bu haqda Pravilamag xabar berdi.
Trevis bu o‘yin uchun har bir chiptaga 20 dollar (taxminan 250 ming so‘m) sarflagan. U birinchi yutuqni iyul oyi boshlarida qo‘lga kiritgan. Shu muvaffaqiyatdan so‘ng u ikkinchi marta yutuq chiqishiga ishonmagan, biroq ortidan ikki hafta o‘tib yana omadini sinab ko‘rgan.
«Men o‘sha chiptadan yana yutaman deb o‘ylamagandim», — deb eslaydi Trevis.
Uning fikricha, bu katta yutuq unga qilgan ezgu amali evaziga nasib qilgan. Ya’ni, u ikkinchi chiptani sotib olishdan oldin begona insonga yordam qo‘lini cho‘zib, 100 dollar bergan.
— «Bu yaxshi ish omadimni ochdi, deb o‘ylayman», — deydi Trevis.
U yutgan mablag‘ni kerakli ehtiyojlarga sarflashni rejalashtirmoqda. Xususan, u yangi mashina sotib olish va o‘gay qiziga voleybol krossovkalarini olib berish niyatida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar