
20 iyul kuni Moskva osmonida xavfli vaziyat yuzaga keldi. Shahar meri Sergey Sobyaninning ma’lum qilishicha, Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari tun va ertalab davomida Moskvaga yo‘naltirilgan 19 ta dronni yo‘q qilgan.
Uchuvchisiz qurilmalardan biri Zelenograddagi ko‘p qavatli turarjoyga urilib tushgan. Hodisa oqibatida bir xonadonda zarar qayd etilgan, dron parchalari tushishi natijasida ikki avtomashina yonib ketgan. Hodisalar oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.
Rossiya fuqarolik aviatsiyasi agentligi (Rosaviatsiya)ning bildirishicha, 19 va 20 iyul kunlari Moskva aeroportlarida parvozlar vaqtincha to‘xtatilgan. Bu sababli 134 ta samolyot zaxira aerodromlarga yo‘naltirilgan. Kaluga aeroportida ham shu kuni parvozlar cheklangan.
Shuningdek, shanba kuni kechqurun Rostov viloyatida ukrain dronlarining parchalari elektr tarmoqlariga yetkazgan zarar ortidan temir yo‘l harakatida jiddiy uzilishlar yuzaga keldi. Ayniqsa, 75 ta uzoq masofali yo‘nalishdagi poyezd harakati kechikkan. Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Rossiya temir yo‘llari tomonidan zarur choralar ko‘rilmoqda.
Ayni paytda, Moskva havo hududida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, aholiga osmondan xavf tug‘ilganda tezkor ravishda ma’lumot taqdim etish tizimi ishga tushirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar