
Rossiyalik mashhur qo‘shiqchi, “Serebro” guruhining sobiq solistkasi Olga Seryabkina yana ijtimoiy tarmoqlarda e’tibor markaziga tushdi. U o‘zining shaxsiy Instagram sahifasida yangi imidjdagi suratini joylashtirdi va ko‘plab folloverlarini hayratga soldi, deb yozmoqda Peopletalk.
Olga bu gal oq rangdagi qisqa, drapirovka elementlari bilan bezatilgan zo‘r ko‘ylakda namoyon bo‘ldi. U yangi imidji uchun oq rangli parikni tanlagan va bu teran obraz uning tabiiy go‘zalligini yanada ochib berdi. Ba’zi izohlarda uni “haqiqiy fotomodel” deb atashgan.
Aktrisaning bu o‘zgarishi muxlislar tomonidan turlicha qabul qilindi. Ko‘pchilik uning yangi imidjiga mahliyo bo‘lganini yozsa, ba’zilar esa uning oldingi tabiiy ko‘rinishini sog‘inganini bildirgan.

Shaxsiy hayotida barqarorlik
Ma’lumki, Olga Seryabkina 2020 yil oktyabr oyida tadbirkor Georgiy Nachkebiya bilan rasman turmush qurgan. Oradan bir yil o‘tib, ularning o‘g‘li Luka dunyoga kelgan. Qo‘shiqchining aytishicha, turmush o‘rtog‘i uni “sahna yulduzi” sifatida emas, balki oddiy ayol sifatida qabul qiladi, bu esa oilaviy munosabatlarda samimiylikni ta’minlaydi.
Seryabkina san’atdan tashqari oilasiga ham katta e’tibor qaratayotganini, bir necha intervyularida ta’kidlagan. Uning yangi obrazi esa ijodiy izlanishlarining yangi bosqichi bo‘lishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar