date

Bolasini inkor etgan: DNK natijasini soxtalashtirgan otaning yolg‘oni fosh bo‘ldi

Bolasini inkor etgan: DNK natijasini soxtalashtirgan otaning yolg‘oni fosh bo‘ldi
Buyuk Britaniyada bir erkak laboratoriya xodimi bilan til biriktirib, o‘z qizi ekanini inkor etish uchun DNK tahlilini soxtalashtirdi. Bu orqali u 125 ming dollarlik aliment to‘lovidan qochmoqchi bo‘lgan. Bu haqda Pravilamag nashri xabar berdi.

Hikoya 31 yoshli Chelsi Millerning farzandi tug‘ilganidan so‘ng, turmush o‘rtog‘i Sheldon tomonidan tashlab ketilishi bilan boshlangan. Bir necha kun o‘tib, Sheldon bolaning otasi ekanini inkor qilib, DNK tahlili o‘tkazishni talab qiladi. Miller rozi bo‘ladi — chunki u farzandining otasi kim ekanini aniq biladi.

Biroq tahlil natijalari kutilmagan holda Sheldonni bolaning biologik otasi emas deb ko‘rsatadi. Bu natijaga shubha qilgan Miller Sheldonning onasidan DNK namunasi oladi. Tekshiruv natijasi qizaloq haqiqatdan ham uning nabirasi ekanini ko‘rsatadi.

Bu fakt avvalgi DNK natijasini shubha ostiga qo‘yadi. Qo‘shimcha surishtiruvlar orqali ma’lum bo‘lishicha, Sheldon o‘zi to‘g‘risidagi natijani soxtalashtirish uchun laboratoriya xodimiga pul to‘lagan. U buning uchun xolasining tanishlari orqali xodimga murojaat qilgan va DNK namunasini o‘zgartirishga erishgan.

Sud tergovida, Sheldon va laboratoriya xodimi o‘z jinoyatlarini tan olib, firibgarlikka til biriktirganlik uchun bir necha oylik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Chelsi Miller esa bu voqeadan so‘ng DNK laboratoriyasi xodimlarining mas’uliyatsizligi va kasbiy etikasi pastligidan xafsalasi pir bo‘lganini bildirdi.

Bunga o‘xshash holat AQSHda ham qayd etilgan — u yerda 30 yil davomida faoliyat yuritgan sudmedekspert 654 ta DNK natijasini soxtalashtirgan. Uning harakatlari natijasida davlatga yetkazilgan zarar 11 million dollarga baholangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bolasini inkor etgan: DNK natijasini soxtalashtirgan otaning yolg‘oni fosh bo‘ldi