
AP axborot agentligi xabariga ko‘ra, AQSh Patent va Savdo belgilar idorasida ishlovchi bir hukumat xodimi shaxsiy safar bilan Xitoyga borganidan so‘ng, mamlakatdan chiqib ketishiga ruxsat berilmagan.
Mazkur holat — Xitoy tomonidan AQSh fuqarolarini turli sabablarga ko‘ra mamlakatdan chiqishiga to‘sqinlik qilgan so‘nggi holatlardan biridir. AQSh Davlat departamenti ushbu masalani jiddiy nazoratga olganini va Xitoy hukumati bilan muzokaralar olib borilayotganini bildirdi.
“AQSh fuqarolarining xavfsizligi va erkinligi biz uchun eng ustuvor masala,” — deyiladi departament bayonotida.
Xitoyning chiqish taqiqlari va xalqaro tanqid
Xitoy hukumati ba'zan mamlakatda tergov yoki biznes nizolari bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslarga chiqish taqiqini qo‘yadi. Biroq, xalqaro kuzatuvchilarning aytishicha, bu choralar ko‘p hollarda asoslanmagan yoki siyosiy bosim vositasi sifatida ishlatilmoqda. Taqiqlar nafaqat Xitoy fuqarolariga, balki chet elliklarga ham nisbatan qo‘llanilmoqda.
Shunga o‘xshash hollarning ko‘payishi 2024-yilda AQSh hukumatini o‘z fuqarolariga Xitoyga safar qilishdan ehtiyot bo‘lishni tavsiya etishga undagan edi. Bu ogohlantirish faqat 2024-yil noyabrida, uch nafar AQSh fuqarosi ko‘p yillik ushlab turishdan so‘ng ozod etilgach, yengillatildi.
Xususiy sektor ham nishonda: Wells Fargo banki hodimiga taqiq
Yaqinda Wells Fargo bankining AQShda yashovchi xodimi Chenyue Mao ham shunga o‘xshash tarzda Xitoyda qolishga majbur bo‘ldi. Bu holat bankni Xitoyga barcha ish safarlarini to‘xtatishga undadi.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Guo Jiakunning bayonotiga ko‘ra, Mao jinoyat ishi doirasida tergov qilinmoqda va chiqish taqiqi "amaldagi qonunlarga muvofiq" qo‘llanilgan. Rasmiylar bu holatni “shaxsiy sud ishi” deb atagan.
Ushbu bayonotda AQSh hukumat xodimi bilan bog‘liq holatga izoh berilmadi. Guo shunchaki:
“Men bu borada hech qanday tafsilotga ega emasman. Xitoy qonun ustuvorligini ta’minlaydi va kirish-chiqish ishlarini qonun asosida yuritadi,” — deya fikr bildirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar