date

Xitoy dvigatellari “sovutgich” nomi ostida Rossiya dronlariga yetkazilmoqda

Xitoy dvigatellari “sovutgich” nomi ostida Rossiya dronlariga yetkazilmoqda

Reuters axborot agentligi tomonidan o‘rganilgan hujjatlar va Yevropa xavfsizlik xodimlarining ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda ishlab chiqarilgan dvigatellar G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tish maqsadida “sanoat sovutgichlari” nomi ostida Rossiyaga yuborilmoqda. Ular Rossiyaning davlatga qarashli IEMZ Kupol kompaniyasiga yetkazilib, Ukraina hududiga hujum qilishda ishlatilayotgan Garpiya-A1 dronlariga o‘rnatilmoqda.

Sanksiyalar samarasiz qolmoqda

Garpiya-A1 — uzoq masofalarga uchuvchi hujumchi dron bo‘lib, Ukraina harbiy va fuqarolik obyektlariga zarba berishda qo‘llanmoqda. Reuters tomonidan ko‘rilgan ichki hujjatga ko‘ra, Kupol 2025-yil davomida 6 000 dan ortiq dron ishlab chiqarish bo‘yicha Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolagan. Aprel oyigacha 1 500 dan ortiq dron yetkazilgan.

Ukraina harbiy razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu dronlardan har oyda o‘rtacha 500 tasi ishlatilmoqda.

Xitoy kompaniyalari orqadan qo‘llab-quvvatlamoqda

Kupol ilgari Xiamen Limbach Aviation Engine Co. tomonidan ishlab chiqarilgan L550E dvigatellaridan foydalangan. Bu kompaniya 2024-yil oktyabrda Yevropa Ittifoqi va AQSh tomonidan sanksiyaga uchragan. Shundan so‘ng, yangi Xitoy firmasi — Beijing Xichao International Technology and Trade — dron dvigatellarini yetkazishni boshlagan.

Diplomatik keskinlik kuchaymoqda

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bu haqda xabari yo‘qligini bildirgan va barcha ikki maqsadli mahsulotlar eksporti Xitoy qonunlari va xalqaro majburiyatlarga muvofiq nazorat qilinishini ta’kidlagan.

Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Leyyen ertaga Xitoyga safar qilib, Xitoy rahbari Si Szinpin va Bosh vazir Li Syan bilan uchrashadi. Uchrashuvda Pekinning Rossiyaga texnologik yordam ko‘rsatishiga oid xavotirlar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy dvigatellari “sovutgich” nomi ostida Rossiya dronlariga yetkazilmoqda