date

Oziq-ovqat izlab chiqqan yoshlar o‘lim topmoqda

Oziq-ovqat izlab chiqqan yoshlar o‘lim topmoqda

So‘nggi kunlarda G‘azo sektorida ro‘y berayotgan ocharchilik, oziq-ovqat taqchilligi va qurolli harakatlar mahalliy aholining hayotini tobora og‘irlashtirmoqda. BBC’ning hududdagi manbalaridan olgan so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, bir hafta ichida ocharchilik va hujumlar natijasida ko‘plab oddiy tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.

Oziq-ovqat izlab chiqqan yigit o‘q ostida qolgan
19 yoshli Abdulloh Jendeya 20-iyul kuni oziq-ovqat olish uchun uyidan chiqqan, ammo ortga qaytmagan. Uning singlisi Nadrinning aytishicha, Abdulloh o‘sha kuni 5 kilometrdan ortiq yo‘l bosib, haftada bir marta keladigan gumanitar yordam yuk mashinasidan un olish uchun yo‘lga chiqqan.

Kechki soat 11 da Nadrin telefon orqali ukasi Mahmuddan dahshatli xabarni oladi: ular yordam mashinasi yaqinida turganida, Isroil harbiylari tomonidan to‘satdan o‘q uzilgan. Abdulloh halok bo‘lgan, ikki aka esa yaralangan. Bu hodisa G‘azoning shimoli va janubini ajratib turuvchi harbiy zona — Netzarim koridori hududida sodir bo‘lgan.

Nadrin ukasini quvnoq, sportni sevuvchi va kelajakda o‘z biznesini ochishni orzu qilgan yigit sifatida eslaydi.

Pana joydagi hujum qurboni
29 yoshli Muhammad Kullab esa G‘azoning janubidagi Qodsiya hududida joylashgan muvaqqat lagerda bo‘lganida, havo hujumi qurboni bo‘lgan. U o‘z chodirida dam olayotgan vaqtda havo zarbasi berilgan. Hodisadan bir necha soat o‘tib, uning o‘limi haqida qarindoshlari xabar topgan.

Muhammadning qaynog‘asi Amar Ragayda uning halok bo‘lishidan bir kun oldin suhbatlashganini aytadi: “U menga, ‘yolg‘iz borma, men un topishga harakat qilaman’ degan edi. Ertasiga vafot etdi.”

Muhammad opasi va undan butunlay qaram ukasini qaramog‘ida bo‘lgan. Qaynog‘asi uni hayotga to‘la, hech kimga yomonlik qilmaydigan inson sifatida eslaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oziq-ovqat izlab chiqqan yoshlar o‘lim topmoqda