
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tomonidan Falastin davlatini rasman tan olish haqida e’lon qilingan qaror Isroilda jiddiy tanqidlarga sabab bo‘ldi. Yahudiy davlati Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bu qadamni mutlaqo qabul qilib bo‘lmas holat sifatida baholadi.
U o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shunday izoh qoldirdi:
“Prezident Makronning 2023 yil 7 oktyabrdagi terrorchilik hujumiga qaramay, Tel-Aviv yaqinidagi Falastin davlatini tan olishi — terrorizmni rag‘batlantirish va G‘azoda sodir bo‘lgan voqealar kabi yangi xavf-xatarlarni yaratish demakdir. Bu kabi qarorlar Iroq yoki Eronga o‘xshash sun’iy rejimlarni kuchaytirishga xizmat qiladi”, — dedi u.
Isroil hukumati bu harakatni xalqaro xavfsizlikka qarshi yo‘naltirilgan, bir tomonlama va ziddiyatni kuchaytiruvchi harakat sifatida baholamoqda.
Netanyaxuga ko‘ra, Falastin davlatini tan olish bilan Fransiya G‘azo va butun mintaqadagi radikal guruhlarga bilvosita yordam bermoqda. Bu esa mintaqadagi tinchlik muzokaralariga to‘siq bo‘lishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!