So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda qizlar orasida xitga aylangan bir masala bor — u ham bo‘lsa Darry Ring brendining halqasi. Cartier yoki Tiffany kabi mashhur markalar emas, balki aynan shu xitoy brendi qizlar orzusiga aylandi. Nega?
Nega aynan Darry Ring?
Darry Ring bu oddiy yuvelir mahsuloti emas. Uning falsafasi shunday: bir inson – bir muhabbat – bir umr. Agar kimdir bu halqani sotib olmoqchi bo‘lsa, u o‘z shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etishi va «Haqiqiy muhabbat kelishuvi»ni imzolashi kerak. Ushbu kelishuvga ko‘ra, inson umrida faqat bir martagina bunday halqani xarid qila oladi.
Mahsulot ortidagi muhabbat hikoyasi
Brendni tashkil etgan Toni Chjan va Vendi Lu o‘z muhabbatlaridan ilhomlanib, halqalar orqali to‘y va nikoh munosabatlariga jiddiy yondashishni targ‘ib qiladi. Ular uchun halqa nafaqat bezak, balki muhabbatning ramzi va mas’uliyatni ifodalaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda virusli bo‘lgan videolar
«Qizlar, buni barchaga ulashing!» — degan videolar TikTok va Instagram'da keng tarqaldi. Ko‘plab qizlar bu halqani orzu qilib, yigitiga aynan shunday halqa kerakligini ta’kidlashmoqda.
Oldingi va yangi qadriyatlar to‘qnashuvi
Har qancha zamonaviylashmasin, insonlar qalbida muhabbat va sadoqat muhimligicha qolmoqda. Darry Ring esa bu qadriyatlarni rag‘batlantirib, yoshlar orasida «sevgi uchun javobgarlik» g‘oyasini targ‘ib qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!