date

AQShda chiqindi inqirozi

AQShda chiqindi inqirozi

Yozning jazirama kunlarida AQShning turli shaharlarida chiqindilar yig‘ilmay qolayotgani jiddiy muammoga aylanmoqda. Bu holat xususiy chiqindi tashish kompaniyasi – Republic Services ishchilari tomonidan o‘tkazilayotgan ish tashlashlar natijasida yuzaga kelmoqda. Ishchilar mehnat haqi va ijtimoiy ta’minot shartlarining yomonligidan shikoyat qilmoqda. Natijada, millionlab amerikaliklar chiqindi muammosi bilan yuzma-yuz qoldi.

Ish tashlashlar butun mamlakat bo‘ylab tarqaldi
1-iyul kuni Boston yaqinidagi 14 ta shaharni qamrab olgan Teamsters Local 25 kasaba uyushmasi chiqindixona xodimlari ish tashlashni boshladi. Keyinchalik bu harakat Kaliforniya, Illinoys, Jorjiya va Vashington shtatlariga ham tarqaldi. Ayrim shaharlar bilan kelishuvga erishilgan bo‘lsa-da, ko‘plab hududlarda vaziyat hanuz hal bo‘lmagan.

Malden shahridan bo‘lgan 17 yillik tajribaga ega haydovchi Mayk Ortis shunday deydi:

"Ular taklif qilayotgan maosh bilan bir oy ham yashab bo‘lmaydi."

Ish tashlagan xodimlarning umumiy soni 2000 nafardan oshdi. Ular uskunalarning nosozligi, gigiyenik sharoitlarning yomonligi va xavfli mehnat muhitidan norozilik bildirmoqda.

Xusumat sudgacha bordi
Republic Services kompaniyasi ish tashlashlar davomida kasaba uyushmasini noqonuniy harakatlarda aybladi – shinalarni teshib chiqish, kimyoviy moddalar sepish, haydovchilarga tajovuz qilish singari ayblovlar qo‘yilgan. Biroq Teamsters bularni qat’iyan rad etmoqda.

Axlat — bosim vositasiga aylandi
Mutaxassislarning fikricha, chiqindilarning ochiqda to‘planib yotishi, ayniqsa yozda, sog‘liq va gigiyenaga tahdid tug‘diradi. Bu esa ishchilar foydasiga jamoatchilik bosimini kuchaytiradi. Masalan, Filadelfiyada jamoat ishchilari ish tashlaganida atigi 8 kun ichida kelishuvga erishilgan.

Yechimlar qiyin, muzokaralar to‘xtagan
Ba’zi shaharlarda muqobil chiqindi yig‘ish punktlari tashkil etildi. Ayrim joylarda esa boshqa xususiy kompaniyalar bilan vaqtinchalik shartnomalar tuzildi. Ammo bu byudjetga qo‘shimcha xarajatlarni yuklamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda chiqindi inqirozi