date

Tailand va Kambodja rahbarlari chegara mojarosini tugatish muzokaralarini o‘tkazadi

Tailand va Kambodja rahbarlari chegara mojarosini tugatish muzokaralarini o‘tkazadi

Tailand va Kambodja rahbarlari o‘limga olib kelgan chegara to‘qnashuvini tugatish maqsadida Malayziyada muzokaralar o‘tkazishga rozi bo‘ldi. Bu qaror AQSh prezidenti Donald Trampning bosimidan so‘ng qabul qilindi. To‘rt kun davom etgan mojaroda kamida 34 kishi halok bo‘ldi, 168 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi.

Tailand bosh vaziri devoni vakili Jirayu Huangsapga ko‘ra, bosh vazir vazifasini bajaruvchi Fumtam Vechayachai Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim taklifiga binoan muzokaralarda ishtirok etadi. Kambodja rahbari Hun Manet ham qatnashishi kutilmoqda.

Shanba kuni Tramp ikki davlat rahbarlariga mojaroni tugatmasa, savdo bitimlarini to‘xtatishini aytdi. Keyinroq u har ikki tomon muzokaraga rozilik bildirganini ma’lum qildi.

Kambodja rahbari Hun Manet mamlakati “darhol va shartsiz” o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi. Tailand esa ehtiyotkorona yondashib, muzokaralarga “chin niyat” bilan yondashish zarurligini ta’kidladi.

To‘qnashuvlar payshanba kuni portlagan mina sabab boshlangan, tomonlar bir-birini ayblamoqda.

Mojaroda hozirgacha 21 nafar tailandlik va 13 nafar kambodjalik halok bo‘lgan. Evakuatsiya qilinganlar orasida ayollar, bolalar, hatto chorva mollari ham bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tailand va Kambodja rahbarlari chegara mojarosini tugatish muzokaralarini o‘tkazadi