date

Orban: Dunyo sovuq urush bashoratidan qo‘rqmoqda

Orban: Dunyo sovuq urush bashoratidan qo‘rqmoqda

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban xalqaro siyosiy vaziyat haqida fikr bildirib, bugungi kunda butun dunyo urush xavfi va sovuq bashorat ostida ekanini qayd etdi. U Ruminiyaning Baile Tushnad shahridagi nutqida, global muammolar va yangilangan xavotirlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Orban so‘zlariga ko‘ra, Uchinchi jahon urushi boshlanadimi, degan savolga aniq javob yo‘q. AQSH prezidenti Donald Trampning siyosatga qaytishi, urush xavfini pasaytirdi. Lekin, dunyo bo‘ylab, xalqaro maydonda urushning sovuq bashoratlari, siyosiy kurashlar va xavotirlar tobora ko‘payib borayotganini ham eslatdi.

“Uchinchi jahon urushi bo‘ladimi? Aniq javob yo‘q. Prezident (AQSH Donald — tahr.) Tramp kelishi bilan buning ehtimoli pasaydi, ammo o‘tib ketmadi. Xalqaro siyosatda ko‘rganlarimga qaraganda, butun dunyo urushning sovuq bashoratini his qilmoqda... Aytishim kerakki, sovuq bashoratlardan keyin har doim ham bo‘ron bo‘lavermaydi, ammo dahshatli soyalar bor”, — dedi Orban Ruminiyaning Baile Tushnad shahrida so‘zlagan nutqida.

Vengriya rahbari global ko‘lamdagi jiddiy o‘zgarishlar, qudratli davlatlar o‘rtasidagi raqobat va qurollanish poygasi, savdo cheklovlari hamda dunyo mamlakatlari bloklarga ajralib borishi urush xavfini yanada kuchaytirib yuborganini aytib o‘tdi.

Orban so‘nggi yillarda Yevropa davlatlari va AQSHda o‘tkazilgan so‘rov natijalarini keltirdi. Unga ko‘ra, aholining 40–55 foizi “Uchinchi jahon urushi 5–10 yil ichida boshlanishi mumkinmi?” savoliga ijobiy javob qaytargan.

Uning fikricha, jahon urushining tahdidli soyasi hozirning o‘zida ham sezilib turibdi. “Yevropada urush bor, bu — fakt”, deya Orban Ukrainadagi ziddiyatni butun kontinentning xavfli muammosi deb hisobladi.

NATO sammitidan so‘ng ham, Orban alyans doirasida NATO va Rossiya o‘rtasidagi har qanday ziddiyat butun dunyo uchun xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini va bunday tahdidlarni oldini olish muhimligini ta’kidladi.

Mutaxassislar va oddiy odamlar esa, kelajakda qanday voqealar ro‘y berishini, Yevropa va butun dunyo qanday yo‘nalishda rivojlanishini qiziqish bilan kuzatishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Orban: Dunyo sovuq urush bashoratidan qo‘rqmoqda