date

Avstraliyada YouTubedan foydalanish cheklandi

Avstraliyada YouTubedan foydalanish cheklandi
Avstraliya hukumati 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash bo‘yicha dunyodagi ilk qonunni joriy qilmoqda. Dastlabki istisnoga qaramay, YouTube ham ushbu taqiq ro‘yxatiga kiritildi.

Yangi tartibga ko‘ra, TikTok, Instagram, Facebook, Snapchat, X (sobiq Twitter) va YouTube platformalarida 16 yoshdan kichiklar akkaunt ochishi taqiqlanadi. Qonun 2025-yil dekabr oyidan kuchga kiradi. Foydalanuvchilar video ko‘rishi mumkin bo‘ladi, ammo ro‘yxatdan o‘tish, izoh yozish yoki video joylash taqiqlanadi.

Google’ga tegishli YouTube bu qarorga qarshi chiqib, u ijtimoiy tarmoq emasligini va bolalarga foydali kontent taklif qilishini ta’kidladi. Biroq, Avstraliya eXavfsizlik komissari uni “zararli kontent ko‘p uchraydigan platforma” sifatida tavsiflab, taqiqlashni tavsiya qildi.

Bosh vazir Entoni Albanese bu chorani “ijtimoiy tarmoqlarning bolalarga salbiy ta’sirini kamaytirish yo‘lidagi muhim qadam” deb atadi. Aloqa vaziri Anika Uells esa, “biz huquqiy tahdidlardan cho‘chimaymiz — bu bolalar salomatligi uchun kurash”, dedi.

Yangi qonunga amal qilmagan texnologik kompaniyalar 50 million Avstraliya dollarigacha jarimaga tortilishi mumkin. Ular mavjud akkauntlarni o‘chirish, yangi ro‘yxatdan o‘tishni to‘xtatish va cheklovlarni buzadigan harakatlarga barham berishi talab etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyada YouTubedan foydalanish cheklandi