Sotish uchun bozorga olib kelingan ot egasini bozordan olib chiqib ketishga uringani ko‘pchilikni ta’sirlantirdi (video)

Jamiyat1 daqiqa o'qish3
Sotish uchun bozorga olib kelingan ot egasini bozordan olib chiqib ketishga uringani ko‘pchilikni ta’sirlantirdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonlik B.ismli yigitning o‘zi mehr berib boqayotgan otini sotish uchun bozorga olib kelgani aks etgan videolar tarqaldi. Lavhalarda otning egasiga bo‘lgan mehr-muhabbati va undan ayrilishni istamagandek ko‘ringan harakatlari ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.

Videoda yigit otini sotish maqsadida bozorga olib keladi. Biroq ot egasidan uzoqlashishni istamagandek, uni boshi bilan orqasidan itarib, bozordan olib chiqib ketishga urinadi. Hatto egasiga erkalangancha suykalib, uning yonidan ketmaydi.

Bu holatni kuzatgan bozordagilardan biri yigitga: «Shunaqa qilib egasi bilan o‘ynashib tursa, qanday qilib bu mavjudotni yaxshi ko‘rib, mehr qo‘ymaslik mumkin? Nimaga sotmoqchisiz o‘zi?» deya savol beradi.

Yigit esa bunga «Pul kerak bo‘lib qoldi aka», deb javob qaytaradi.

Mazkur videolar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan iliq kutib olindi. Ko‘pchilik otning egasiga ko‘rsatayotgan mehrini e’tirof etib, hayvonning sadoqati va inson bilan o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida fikr bildirmoqda.

Ayrim kuzatuvchilar esa yigit otini sotmasligiga umid bildirmoqda.

Otning keyingi taqdiri qanday kechishi haqida keyingi xabarlarimizda albatta ma’lumot beramiz. Bizni kuzatishda davom eting!

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?