Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyat fonida G‘azo sektoridagi urush to‘xtashi uchun Germaniya Tashqi ishlar vazirligidan keskin bayonot yangradi, deb yozadi dw.com. Tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful Tel-Avivga safar oldidan bildirgan fikrlariga ko‘ra, HAMAS qurollarini tashlab, barcha garovga olinganlarni, jumladan Germaniya fuqarolarini ozod qilsa, shuningdek, sektordagi siyosiy ta’siridan voz kechsa, G‘azodagi qurolli to‘qnashuvlarga nuqta qo‘yilishi mumkin.
Vadeful ta’kidladi: “Germaniya Isroilning xavfsizligini ta’minlashda va unga yordam berishda davom etadi. Ammo biz HAMASdan garovdagilarni, jumladan, Germaniya fuqarolarini ozod qilish, qurolsizlanish va Falastin hududlarida siyosiy ta’sirni to‘xtatishni talab qilamiz. Bundan buyon HAMAS tomonidan Isroilga tahdid solishga yo‘l qo‘yilmasligi shart.”
Germaniya tashqi ishlar vazirligi bayonotida, muzokaralar ustida ishlar davom etayotganiga qaramay, HAMAS taslim bo‘lishga va mojaroni tugatishga hali tayyor emasligi qayd etilgan. Shu bilan birga, G‘azo sektoridagi vaziyat tobora keskinlashib borayotgani va bu holat Germaniyani befarq qoldirmasligi alohida urg‘u bilan aytildi.
«Germaniya Isroil oldidagi alohida mas’uliyatini tan oladi. Ammo G‘azo sektoridagi vaziyatning keskin yomonlashishi Germaniyani befarq qoldira olmaydi va qoldirmaydi ham», deyilgan TIV saytida.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, Germaniya Isroil oldidagi mas’uliyatini to‘liq anglaydi. Biroq, G‘azodagi insonparvarlik inqirozi va urush oqibatlari butun jahon jamoatchiligi uchun jiddiy tashvish manbai bo‘lib qolmoqda.
Hozirgi murakkab vaziyatda Germaniya xalqaro hamjamiyatni muammoni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirmoqda. Urushdan jabr ko‘rayotgan tinch aholi va garovdagi insonlar taqdiri esa mutasaddi idoralar diqqat markazida qolmoqda.
HAMAS qurolsizlansa, G‘azoda urush tugaydi – Germaniya TIV bayonoti
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar