
Avstraliyaning Sidney shahrida minglab odamlar yakshanba kuni G‘azodagi gumanitar inqirozga e’tibor qaratish maqsadida Sidney bandargohi ko‘prigi bo‘ylab o‘tkazilgan “Insoniyat uchun yurish” namoyishida ishtirok etdi.
Namoyish Avstraliya Oliy sudi tomonidan faqat bir kun oldin ruxsat etilgan bo‘lib, bu ko‘plar tomonidan “tarixiy qaror” deb baholandi. Politsiyaning dastlabki xavfsizlikka oid e’tirozlariga qaramay, sud namoyish huquqini tan oldi va ko‘prikni transport harakatiga yopishga ruxsat berdi.
Namoyishda siyosatchilar va taniqli shaxslar, jumladan WikiLeaks asoschisi Julian Assange, federal deputat Ed Husik va sobiq Yangi Janubiy Uels shtati bosh vaziri Bob Carr ham qatnashdi. Ko‘pchilik “G‘azoni saqlang” va “Endi sulh kerak” kabi yozuvlar ko‘tarib chiqqan.
Namoyishni tashkil qilgan "Palestine Action Group" tashkiloti bu yurishni G‘azodagi "fojiali holatga" javob sifatida o‘tkazganini bildirdi. Guruh ruxsat olish uchun ariza bergan bo‘lsa-da, politsiya dastlab uni rad etgan. Ammo Oliy sud qarori bilan namoyish qonuniy deb topildi.
Avstraliyada Falastin davlatini tan olish borasida bosim kuchaymoqda. Bunga Fransiya, Kanada va Buyuk Britaniyaning yaqinlashib kelayotgan BMT Bosh Assambleyasida Falastinni shartli tan olish rejalari turtki bo‘lmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar