Mayorkaning Kalo-de-Moro plyaji ilgari faqat mahalliylar biladigan, tinch va tabiiy go‘zallikka boy maskan edi. Ammo oxirgi bir yilda bu sohil ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ib etilgani orqali turizm qurboniga aylandi.
Turistlar oqimi keskin oshgan: Kunlik mehmonlar soni 4000 nafarga yetgan, 1000 dan ortiq mashina keladi.
Ajoyib manzara – axlat ostida: Sohildagi chiroyli qum tagidan axlat chiqadi. Har kuni taxminan 70 kg qum sayyohlar tomonidan olib ketiladi.
Yo‘llarni to‘sib, «Plyaj — bizniki» degan plakatlar bilan namoyish o‘tkazishmoqda. Turistlarga varaqalar tarqatib, sohilga tushmaslikni so‘rashmoqda.
Sotstarmoqlar sabab: TikTok'da 1300 dan ortiq video bor, millionlab ko‘rishlar — bular sohilni «internet qurboni» qildi.
Sohil suratlari rasmiy turizm saytlaridan olib tashlandi. Inflyuyenserlarga boshqa, kam mashhur joylar haqida yozish tavsiya qilingan.
Manba: Peopletalk