date

Barselonada 10 yoshli bola nima sababdan aeroportda qoldirildi?

Barselonada 10 yoshli bola nima sababdan aeroportda qoldirildi?

Ispaniyada sodir bo‘lgan hayratomuz voqea jamoatchilikda jiddiy muhokamalarga sabab bo‘ldi. Barselonadagi El-Prat xalqaro aeroportida 10 yoshli bola pasport muhlatining tugagani sababli reysga chiqolmadi va ota-onasi uni aeroportda qoldirib, o‘zlari ta’tilga uchib ketishdi.

Bu haqda Pravilamag nashri xabar tarqatdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, oila ta’tilga yo‘l olishni rejalashtirgan, ammo bola reysga chiqishi uchun kerakli hujjatlarga ega emas edi — uning pasporti amalda bo‘lmagan va vizasi ham yo‘q edi.

Aeroport xodimlarining aytishicha, bola reysga chiqolmaganidan so‘ng ota-onasi qarindoshlaridan birini chaqirishga kelishib, o‘zlari uchib ketishgan. Bolani esa aeroport xodimlari yolg‘iz holda topib, politsiyaga xabar berishgan.

"Men dispetcherman va turli holatlarni ko‘rganman, ammo bu holat tubanlikdir. Qanday qilib ota-ona o‘z farzandini hujjat muammosi tufayli aeroportda qoldirib ketishi mumkin? Qarindosh soatlar davomida yetib kelmasligi mumkin. Biroq ular shoshmasdan uchib ketishgan", — deydi shov-shuvli voqeani ijtimoiy tarmoqlarda yozgan dispetcher.

Politsiya bolaning ota-onasini topib, aeroportga olib keldi. Ular farzandini qarindoshi olib ketishini rejalashtirishganini bildirishgan. Hozirda ushbu ish bo‘yicha jinoiy javobgarlik masalasi aniq emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Barselonada 10 yoshli bola nima sababdan aeroportda qoldirildi?